Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-02-04 11:34:25    233

PDF yuklash
Chop etish


Oybek ko‘chasi, 16-son ko‘p qavatli turar-joy binosi oldida qurilgan to‘rt qavatli turar-joy binosiga taalluqli hujjatlar mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida, Farg‘ona shahar hokimiligining 2015 yil 14 oktyabrdagi 248-son tanlov bayonnomasiga asosan, Farg‘ona shahar, “Kichik halqa yo‘li” va Madaniyat ko‘chasi kesishmasida sobiq “Qadamjoy” surma kombinati o‘rnida 3 ta jami 1570,0 kv.metr yer maydonida ko‘p qavatli turar-joy binosini qurishda “Garant auk Servis” MChJ tanlov g‘olibi deb topilgan.

Biroq, Farg‘ona shahar hokimining 2016 yil 9 martdagi 242-son hamda viloyat hokimining 2016 yil 12 apreldagi 214-son “Ixtisoslashtirilgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, gul va gul ko‘chatlari hamda qishloq xo‘jalik maxsulotlari va urug‘lar sotish bozori bino-inshootlari qurish uchun yer maydoni tanlash to‘g‘risida”gi qarorlari qabul kilingan.

“Garant auk Servis” MChJ rahbari tomonidan shaharning boshqa xududidan yer maydoni ajratib berish to‘g‘risidagi rozilik xatiga asosan Farg‘ona shahar hokimining 2016 yil 18 avgustdagi 1016-son qarori bilan Oybek ko‘chasi, 16-son ko‘p qavatli turar-joy binosi old qismida to‘rt qavatli turar joy binosi qurish uchun 945,0 kv.metr yer maydoni ajratib berish to‘g‘risidagi qabul qilingan.

Mazkur qaror va buyurtmachining buyurtma xatiga asosan qurilish boshqarmasi tomonidan 2016 yilda 167-F-son Аrxitektura rejalashtirish topshirig‘i (APT) hujjatlar to‘plami tayyorlab berilgan.

Jamiyat tomonidan qurilgan ko‘p qavatli uyning sifati va undagi xonadonlarni sotib olgan fuqarolarning haq-huquqlari buzilishi yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan dastlabki surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilishini maʼlum qilamiz.