Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-01-28 17:04:13    261

PDF yuklash
Chop etish


“Mahalla” gazetasining 2019 yil 17-21 noyabr, 49 sonida “Qog‘ozda qolayotgan vaʼdalar yoxud fuqarolar ishonchi nega so‘nmoqda” sarlavhali maqola chop etilgan.

Ushbu maqolada bildirilgan mulohazalar shahar hokimligining tegishli bo‘lim va boshqarmalari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida ichki yo‘llarni taʼmirlash, elektr taʼminotini yaxshilash, sizot suvlar sathini pasaytirish uchun qurilgan zovurlarni tozalash ishlarini amalga oshirilishi, ko‘priklarni taʼmirlash lozim, deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Аholi muoamolari bilan ishlash tizimining yanada takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “Obod mahalla“ dasturiga kiritiladigan mahalla fuqarolar yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.

Farg‘ona shahar hokimligi aniqlangan mummolarni bartaraf etish maqsadida Farg‘ona shahar, “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inini 2021 yilgi “Obod mahalla” dasturiga kiritish bo‘yicha Respublika komissiyasiga taklif berdi.

Binobarin, aholi punktlarini meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini va ijtimoiy soha obʼektlarini barpo etish ishlari 2021 yilgi “Obod mahalla” dasturi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.