Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RAG’BAT VA E'ZOZ

×

 2020-01-14 15:53:54    245

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi muhtasham San'at saroyida bugun Vatan himoyachilari sharaflandi.

Tantanali yig’ilishda viloyatdagi harbiy okruglar, Milliy gvardiya qo’mondonligi, kuch ishlatar tuzilmalarning hududiy boshqaruv organlari rahbariyati, huquqni muhofaza qilish organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari, shuningdek davlat, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.  

 Dastlab Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o’qib eshittirdi.

Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan taqdirlangan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga  davlat mukofotlarini topshirish hamda “Ilg’or mutaxassis”, “Eng ilg’or qo’shilma”, “Eng ilg’or oliy harbiy ta'lim muassasasi”, “Eng ilg’or serjantlar tayyorlash maktabi”, “Eng ilg’or mudofaa ishlari boshqarmasi” ko’rik-tanlovlarining g’oliblariga bayram sovg’alari topshirildi.

Shundan so’ng Vatan himoyachilari va ularning oila-a'zolar uchun farg’onalik taniqli san'atkorlar ishtirokida katta bayram kontserti namoyish etildi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.