Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2019-11-29 17:03:22    42

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar hokimligi hokimlik tizimidagi Xo‘jalik hisobidagi Uy-joy bo‘limi faoliyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan ma’lumotga nisbatan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona shahri hokimligining xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limining IIB 3-sektorga mutaxassis sifatida biriktirilgan xodimining mustaqillik bayrami mukofot pulini shu kungacha olmaganligi to‘g‘risida ma’lumot tarqatilgan.

Xo‘jalik hisobidagi Uy-joy bo‘limi xodimlar shtatida bo‘lgan, Farg‘ona shahar 3-sektoriga biriktilgan mutaxassis K.Davlatov bilan holat yuzasidan suhbatlashilganda, o‘zining yozma ravishda bergan tushuntirishida ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan ma’lumotga aloqasi yo‘qligini bildirdi.

K.Davlatov 2019 yil fevral oyida ishga qabul qilingandan keyingi davr mobaynida halol mehnat qilib kelgan, bo‘lim tomonidan oylik ish haqlari o‘z vaqtida berilgan. Bayram kunlari munosabati bilan bir necha bor mukofot pullarini o‘z vaqtida olib kelgan.

Sentyabr oyi uchun belgilangan mukofot puli bo‘lim hisob raqamida etarli mablag‘ bo‘lmaganligi sababli, haqiqatan ham berilmaganligini ma’lum qildi.

Farg‘ona shahar hokimligining xo‘jalik hisobidagi Uy-joy bo‘limi o‘z nomi bilan xo‘jalik hisobidagi yuridik shaxs sifatida o‘zining faoliyatini fuqarolarga ko‘rsatilgan xizmatlar evaziga kelib tushgan pul mablag‘lari hisobiga shakllantiradi.

Foydadan kelib chiqib, ishchi-xodimlarga oylik ish haqlari va mukofot pullarini mustaqil ravishda, davlat byudjeti mablag‘lariga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z vaqtida har oyda to‘lab kelingan. Garchi mukofot pullarini ajratish majburiyati bo‘lmasada, ishlab chiqarish samaradorligini oshirib borish, ishchi-xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, mehnatga nisbatan qiziqishini oshirish uchun 2019 yil davomida bir necha bor mukofot pullari berilgan.

Ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilingan ma’lumot haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmasligi, bo‘limning ishchanlik kayfiyatiga putur etkazishga nisbatan qilingan xatti-harakat ekanligi, bo‘lim ishchi xodimlari o‘rtasida kelgusida holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini va qonunda belgilangan tartibda javobgarlik masalasi hal etilishini bildiradi.

Farg‘ona shahar hokimligining axborot xizmati