Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2019-11-25 19:29:38    92

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturi to‘g‘risida”gi PF-5467-son Farmoni va “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida”gi PQ-3812-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilda “Obod mahalla” dasturiga shahardagi “Afrosiyob”, “Mash’al”, “Madadkor”, “Simtepa” mahallalari kiritilgan.

Dastur doirasida hozirgi kunga qadar 12 mlrd 4 mln. so‘m mablag‘ evaziga qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish, hududning elektr va gaz ta’minotlari hamda ichimlik suvi va oqava suv ta’minotini yaxshilash ishlari, shuningdek, ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-son Farmoniga asosan “Obod mahalla” dasturiga kiritiladigan mahalla fuqarolar yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantirilgan.

Farg‘ona shahar “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘chalar 2021 yil Dasturiga kiritilgan. Dastur asosida mahallaning ichki yo‘llarini ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, sizot suvlar sathini pasaytirish uchun qurilgan zovurlarni tozalash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va yangi qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2661-son qaroriga muvofiq 2020 yilda “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inining elektr ta’minotini yaxshilash belgilangan.

Biroq, Farg‘ona shahar “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolarga mas’ullar tomonidan joyida bu borada asosli tushuntirishlar berilgan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur hududda yashovchi fuqarolar konstitutsion huquqlaridan foydalangan holda, ommaviy axborot vositalariga qilgan murojaatlari “Adolat yo‘li” gazetasining 2019 yil 1 noyabrdagi va “Mahalla” gazetasining 2019 yil 17 noyabrdagi sonlarida tanqidiy ruhda maqolalar e’lon qilingan.

Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan ta’kidlab o‘tilgan gazeta xodimlariga “Ipak yo‘li” mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha kelgusida qilinishi rejalashtirilgan ishlar haqida to‘liq va asosli ma’lumotlar berilgan.

Farg‘ona shahar hokimligi axborot xizmati