Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Hokim o’zi o’qigan maktabga kitob sovg’a qildi

×

 2019-04-03 11:29:26    227

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki, joriy yil 19 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida davlatimiz rahbari yoshlarimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida urg’u berib, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdilar.

Prezidentimizning to’rtinchi tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgani bilan g’oyat ahamiyatlidir. Mazkur tashabbusni qo’llab-quvvatlagan holda, shahar hokimi H.Xabibidinov o’zi o’qigan ta’lim muassasasi - Farg’ona tumanining Chimyon qishlog’idagi 14-o’rta maktabga 100 ta badiiy kitoblarni sovg’a qildi. Bu jarayon maktab pedagoglari va o’quvchilar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

Kitoblar to’plamini topshirish chog’ida shahar hokimi mamlakatimizdagi mavjud yoshlarga oid davlat siyosati, Prezidentimiz tomonidan kelajagimiz egalariga qaratilayotgan e’tibor, cheksiz g’amxo’rliklar va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirib o’tdi.

- Yaxshi ta’lim-tarbiya olgan o’quvchi kelajakda yuksak salohiyatli, el-yurt ishiga kamarbasta inson bo’lib voyaga etadi. Chuqur bilim olish va yuksak ma’naviyatga erishish uchun ko’proq kitob o’qish lozim, kitob o’quvchi dunyoqarashini kengaytiradi, aql-zakovatini charxlaydi, faqat yaxshilikka, ulug’ maqsadlarga etaklaydi,-dedi shahar hokimi.

Shahar hokimi o’quvchilarning kelajakdagi orzu-istaklari bilan qiziqdi.

Ustoz murabbiy Mahmudjon Qodirov mukammal ta’lim-tarbiya olgan o’quvchi hech qachon kam bo’lmasligining hayotiy misolida sobiq o’quvchisi, shahar hokimi H.Xabibidinovni ibrat qilib ko’rsatdi hamda tuhfa etilgan kitoblar uchun maktab ma’muriyati va o’quvchilarning minnatdorchiligini bildirdi.

- Eng yaxshi sovg’a kitob, barcha xazinalar kaliti kitob. Shuning uchun yanada ko’proq kitob mutolaa qilish bugunning talabidir. Albatta, Prezidentimizning ezgu tashabbusi voyaga etayotgan farzandlarimiz o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilishga xizmat qiladi,-dedi ustoz murabbiy Mahmudjon Qodirov.