Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlari topshirildi

×

 2018-05-03 12:37:07    2728

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o’tkazilishi, shuningdek ikkinchi jahon urushida halok bo’lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro’-eotiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo’shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag’batlantirish maqsadida qabul qilgan "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida"gi farmoniga asosan, joylarda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 000 000 so’m miqdorida biryo’la pul mukofoti topshirilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Farg’ona shahrining Sohibqiron Temur nomli mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Urmus Bekirova xonadonida bo’lib o’tdi.

Tantanali va bayramona tashkillangan marosimda viloyat hokimi Shuhrat G’aniev Prezidentimiz sovg’asi – 5 million so’m pul mukofotini muhtarama onaxonga tantanali ravishda topshirdi.

Urmus Bekirova ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik va yuksak eotibor uchun Prezidentimizga va viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirdi. 

– Prezidentimiz tomonidan urush qatnashchilari va nogironlariga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikdan boshim ko’kka etdi, - dedi U.Bekirova. – Urush yillarining qiyinchiliklarini eslaganimda, bugungi tinch-osoyishta va farovon o’tayotgan har bir kunimiz uchun shukronalar aytaman.

Onaxonning bolalik yillari ayni urush davriga to’g’ri keldi. Oilasi bilan asir olinib, konts-lagerga jo’natildi. U erdagi azob-uqubatlar haqida gapirish juda og’ir. U.Bekirova urushdan keyin uzoq yillar savdo sohasida mehnat qildi. Bir o’g’il, uch qizni voyaga etkazdi. Bugun farzandu nabiralar va el-yurt ardog’ida, davlatimiz g’amxo’rligida e’zozu ehtiromda hayot kechirmoqda.

Haqiqatan ham, mamlakatimizda el-yurt e’zozidagi nuroniylar – ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti ishtirokchilari, turli sohalarda samarali mehnat qilib, bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlarimiz Prezidentimiz, respublika hukumati, mahalliy hokimliklar eotiborida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qarorida ta’kidlanganidek, "Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqichi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish – bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag’rikeng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir".

Xotira va Qadrlash kuni arafasida shahar hokimi Sh.Erkaboev, shahar hokimi o’rinbosarlari Sh.Polvonov, D.Xodjaeva, shahar prokuraturasi, IIB, "Nuroniy" jamg’armasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi shahar kengashi, madaniyat va sanoat xodimlari ham shahrimizda istiqomat qilayotgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlarida bo’lishib, ularga Prezidentimiz sovg’asi – 5 million so’m pul mukofotini tantanali topshirdilar.

Yuksak eo’tibor va g’amxo’rliklar uchun keksalarimiz qo’llarini duoga ochishdi.

SURATLARDA: viloyat hokimi Sh.G’aniev, shahar hokimi Sh.Erkaboev, shahar hokimi o’rinbosari Sh.Polvonov ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini qutlashmoqda.