Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xotin-qizlar hurmat-ehtiromda

×

 2018-03-09 20:56:14    3030

PDF yuklash
Chop etish


 

Farg’ona shahridagi «Marg’ilonsoy» majmuasida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan muhtarama ayollarimizni sharaflash va ularni bayram bilan qutlash tadbiri bo’lib o’tdi. Tantanaga shahrimizning namunali, mehnat faoliyatida ilg’or, jamoat ishlarida faol xotin-qizlari taklif qilindi.

Tadbirda shahar hokimi Sh.Erkaboev bayramona kayfiyatdagi ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qizg’in qutladi. Ularning jamiyatimizning barcha jabhalaridagi fido-yiliklarini e’tirof etdi.

Darhaqiqat, biz har yili yasharish va go’zallik faslining ilk kunlarida muhtarama va munis xotin-qizlarimiz – mehri daryo onalarimiz, aziz va mo’’tabar opa-singillarimiz, oilamiz farishtasi bo’lgan ayollarimiz bayramini katta tantanalar bilan nishonlashimiz, ularga cheksiz ehtiromimizni, shirin va samimiy so’zlarimizni, ezgu tilaklarimizni bildirishimiz bejiz emas. Zero,  hayotimiz mazmuni, jamiyatimiz ko’rki, avlodlarimiz davomchilarini odob-axloqli qilib tarbiyalayotgan, ularni shu aziz Vatanimizning barkamol insonlari etib voyaga etkazayotgan onalarimiz, xotin-qizlarimizdir.

Shahar hokimi mustaqil mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, turmush sharoitlarini yaxshilash, oilalarni mustahkamlash kabi masalalarda olib borilayotgan davlat siyosatiga to’xtalib o’tdi. Shu jumladan, 2018 yil 2 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmoni mazmun-mohiyati va maqsadi bilan xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o’rnini oshirish, ularni izchil qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berganini ta’kidladi.

Tantanali tadbirda shahar xotin-qizlar qo’mitasi raisi  D.Xodjaeva, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi mudiri F.Saxibova, xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari D.Bo’ribekova, O.Qozixonova, G.Suleymonova, Sh.Ahmedova, F.Madalievaga shahar hokimining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, bir guruh namunali  xotin-qizlar hamda faol o’quvchi qizlarning onalari shahar xotin-qizlar qo’mitasining Tashakkurnomalari va esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.