Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining sessiyasi

×

 2018-02-22 19:46:33    231

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining o’rinbosarlari, shahar hokimligi bo’lim va boshqarmalari, tibbiyot, maktabgacha taolim muassasalari rahbarlari, siyosiy partiyalarning Farg’ona shahar kengashlari etakchilari, huquq-tartibot idoralari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Sessiyani xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashi raisi, shahar hokimi Sh.Erkaboev ochdi va olib bordi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida joriy yil 14 fevral kuni o’tkazilgan kengaytirilgan majlisda maktabgacha taolim tizimini yanada rivojlantirish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xususiy va davlat sherikchiligi asosidagi muassasalar faoliyatini yo’lga qo’yish hisobiga bolalar qamrovini ko’paytirish yuzasidan berilgan topshiriqlarning ijrosi bo’yicha shahar hokimi Sh.Erkaboev hisobot berdi.

Ta’kidlandiki, Prezidentimiz rahbarligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, mazkur sohada shahar hokimligining 7 ta yo’nalish va 34 banddan iborat "Yo’l xaritasi" ishlab chiqildi.

"Yo’l xaritasi"da maktabgacha taolim tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar;

maktabgacha taolim muassasalarini byudjet mablag’lari hisobiga yangitdan qurish, rekonstruktsiya va kapital taomirlash ishlarini tashkil etish;

nodavlat va davlat sherikchiligi asosida maktabgacha taolim muassasalari tashkil etilishini rivojlantirish;

maktabgacha taolim muassasalarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taominlash;

maktabgacha taolim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, ta’lim va tibbiy xizmat sifatini oshirish;

maktabgacha ta’lim tizimini malakali mutaxassis kadrlar bilan to’ldirib, faoliyat olib borayotgan xodimlar malakasini oshirish;

maktabgacha taolim muassasalari faoliyatida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektor rahbarlari – hokim, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlarining masouliyatini oshirish yo’nalishlari bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shahar hokimi belgilab olingan yo’nalishlarda o’ttizdan ortiq vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilganini taokidlab, ularga batafsil to’xtalib o’tdi.

Jumladan, shahardagi maktabgacha taolim yoshidagi bolalarni maktabgacha taolim tizimiga qamrov ko’rsatkichi 23,2 ming nafarni yoki 61,7 foizni tashkil etishini hisobga olib, qamrov darajasini oshirish maqsadida davlat maktabgacha taolim muassasalari loyihaviy quvvatlaridan to’liq foydalanish yuzasidan asoslangan taklif tayyorlash, shuningdek shahardagi barcha turdagi yirik sanoat korxonalari hamda shahar miqyosidagi tegishli korxona va tashkilotlar tasarrufida maktabgacha taolim muassasalarini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

2018 yil davlat dasturi doirasida davlat maktabgacha taolim muassasalarini yangitdan qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taomirlashga ajratilgan mablag’lardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan, loyiha-smeta hujjatlarini qayta tayyorlashda qurilish-taomirlash ishlarini yangi innovatsion usulda tashkil etib, qurilish-montaj ishlarini kamida 25 foizga arzonlashtirilishi hisobiga 2 ta yangi qurilish, 3 ta rekonstruktsiya va 2 ta kapital taomir-lash ishlarini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, joriy yilda 28 ta davlat va xususiy sherikchilik asosida maktabgacha taolim muassasalarini tashkil etish choralari ko’riladi. Bunda tadbirkorlar tomonidan nodavlat va xususiy sherikchilik asosida maktabgacha tao-lim muassasalarini tashkil etish bo’yicha shahar hokimining tegishli qarorlari qabul qilinib, har bir loyihani amalga oshirish bo’yicha tegishli tijorat banklari tomonidan tarmoq jadvallari ishlab chiqiladi.

Davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha taolim muassasalarini yangidan qurish istagini bildirgan tadbirkorlarga er maydonlarini ajratish masalalari bo’yicha tegishli choralar belgilangan.

2018-2019 o’quv yilidan boshlab, shahardagi barcha 6 yoshli bolalar maktabgacha taolim muassasalarida tashkil etiladigan maktabga tayyorlash guruhlariga ("0"- sinf) to’liq qamrab olinadi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi «Farmatsevtika tarmog’ini jadal rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi  qarori ijrosi bo’yicha shahar hokimining birinchi o’rinbosari U.Karimov hisobot berdi.

Hisobotda bayon etilishicha, 2016 yil 16 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2016-2020 yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida"gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosini tao-minlash hamda shaharda farmatsevtika sanoatini jadal va bar-qaror rivojlantirish, ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqarilgan sifatli va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan to’ldirish, ma-halliy xom ashyo bazasini kengaytirish va import o’rnini bosadigan dori vositalari ishlab chiqarishni ko’paytirish, buning uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etib, yangi ishlab chiqarish loyi-halarini amalga oshirish bo’yicha "Yo’l xaritasi" loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur yo’l xaritasi 5 ta bo’lim va 25 ta banddan iborat. Unda asosiy eotibor sanoat zonalari va dorivor o’simliklar planta-tsiyalarini tashkil etish;

ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish va qurishni takomillashtirish, dorixonalar va tibbiy muassasalarni dori vositalari bilan taominlash;

dori-darmonlarning yangi turlarini ishlab chiqish va yaratish;

dori-darmonlarni ishlab chiqarish, sifati, standartlashtirish, narx-navo, xarid qilish va import o’rnini qoplash;

tushuntirish ishlarini kengaytirish, sohada yuzaga keladigan  muammolarni muhokama qilishni taominlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olingan.

Ishlab chiqilgan "Yo’l xaritasi"ga asosan joriy yil davomida xorijiy sarmoya ishtirokidagi "Fergana farmatsevtikal", "Fergana invista farm", "Starke Uzbekistan" MChJlari tashkil etiladi. Bu korxonalarda yuqori texnologiyalar asosida eksportbop inektsion va infuzion preparatlar, dori, tibbiyot vositalari ishlab chiqariladi. Mahsulotlar eksport qilinadi, yangi ishchi o’rinlari yaratiladi. Eng muhimi, yurtdoshlari-    miz o’zimizda ishlab chiqarilgan dori-darmonlar bilan taominla-nadi.

Hisobotda shaharda yangi ijtimoiy dorixonalar tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar tahlil etib berildi.

Shuningdek, sessiyada shahar hokimi o’rinbosari, shahar xotin-qizlar qo’mitasi raisi D.Xodjaevaning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini tashkil etish to’g’risidagi hisoboti eshitildi.

Mazkur ustuvor vazifalar ijrosini taominlash maqsadida «Yo’l xaritasi» ishlab chiqilgan bo’lib, u 6 ta yo’nalishni qamrab olgan.

Hisobotda aytib o’tilganidek, har bir yo’nalishda daxldor boshqarma va tashkilot-muassasalarga tegishli topshiriqlar belgilab berilgan.

Yo’nalishlarda tashkiliy masalalardan tortib, taokidlangan farmon mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib qilish,  xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish, xotin-qizlarning muammolarini o’z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo’lgan, og’ir ahvolga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo’lgan ayollarning manzilli ro’y-xatini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko’rsatish, xotin-qizlarning bandligini taominlash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka jalb etish, reproduktiv salomatligini mustahkamlash, jamiyatimiz ko’rki bo’lgan ayollar o’rtasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli va dolzarb vazifalar qamrab olingan.

Sessiyada har uchala «Yo’l xaritalari» deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi hamda kun tartibidagi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi.