Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

O‘zbekiston shaharlarida zirhli texnika va harbiylar paydo bo‘ldi. Bu — festival!

×

 2017-12-26 19:18:39    522

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning turli shaharlari ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgan zirhli texnika va harbiy xizmatchilarning suratlari tez-tez paydo bo‘lmoqda.

Toshkentdagi tadbirdan lavha.
Foto: “Afisha.uz”

Masalan, Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni oldida AQSh va Janubiy Afrika Respublikasi hamkorlikda ishlab chiqaradigan RG-33 zirhli transportyorini ko‘pchilik ko‘rgani aniq. Jizzaxdagi markaziy maydonda esa AQShning Oshkosh M-ATV zirhli avtomobili e’tiborga tushdi. O‘sha eski va qadrdon BTRlar bo‘lsa Farg‘onadan tortib Kattaqo‘rg‘ongacha deyarli hamma katta shaharlar ko‘chalariga chiqqan.

Tinchlikmi?

20-dekabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni oldida 250 ga yaqin harbiy xizmatchilarning chiqishlari bo‘lib o‘tdi, harbiy texnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentdagi tadbirdan lavha: RG-33 zirhli transportyorida esdalikka suratga tushayotgan yoshlar.
Foto: “Afisha.uz”

Namoyishga qo‘yilgan texnikalar orasida o‘ziyurar artilleriya qurollari, zirhli transportyorlar, harbiy avtomobillar, zenit qurilmasi kabilar bo‘lgan. Xabar berishlaricha, bu tomoshani 6000 ga yaqin odam kuzatib borgan.

Toshkentdagi tadbirdan lavha.
Foto: “Afisha.uz”

23-dekabr kuni Jizzaxda viloyat hokimligi binosi oldidagi maydonda xuddi shunday tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jizzaxdagi tadbirdan lavha.
Foto: “Kun.uz”

Unda 800 ga yaqin harbiy xizmatchi maydon bo‘ylab harbiy orkestr sadolari ostida tantanali marsh bilan yurib o‘tgan, tadbir mehmonlariga 50 dan ziyod harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari ko‘rsatilgan.

Jizzaxdagi tadbirdan lavha: Oshkosh M-ATV zirhli avtomobillari.
Foto: “Kun.uz”

25-dekabr kuni Farg‘ona shahridagi San’at saroyi oldida avtomat ko‘targan harbiy xizmatchilar va harbiy texnika parad tarzida olib o‘tilgan.

Farg‘onadagi tadbirdan lavha.
Foto: Facebook / Arina Pan

 

Yoshlar Ittifoqi matbuot xizmatining 25-dekabrdagi axborotiga ko‘ra, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagiMustaqillik maydonida BTR boshchiligidagi kelgan harbiylarning chiqishlari bo‘lib o‘tgan.

Kattaqo‘rg‘ondagi tadbirdan lavha.
Foto: Facebook / Arina Pan

Qayd etish joiz, internetdagi ma’lumotlar bo‘yicha, bunday tadbirlarning eng birinchisi 15-dekabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan.

Eng asosiysi — tinchlik.

Unda bu zirhli texnikalar, harbiylar Yangi yil arafasida nima qilib ko‘chalarda yuribdi?

Bayram! Festival! O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7-dekabrdagi farmoyishiga muvofiq, bu yil O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va 2018-yilgi Vatan himoyachilari kuni yangicha formatda — umumxalq bayrami tarzida o‘tkazilmoqda.

Toshkentdagi tadbirdan lavha.
Foto: “Afisha.uz”

Shu munosabat bilan joylarda “Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida “Armiya va yoshlar” festivali bo‘lib o‘tmoqda. Harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari va zirhli texnika namoyishlari Toshkent shahri va barcha viloyatlar markazlarida tashkil etilmoqda.

Bu hali hammasi emas — 10—15-yanvar kunlari harbiy xizmatchilar Toshkent va viloyatlar markazlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab orkestr sadolari ostida tantanali marsh bilan yurib o‘tadi.

Farg‘onadagi tadbirdan lavha.
Foto: Facebook / Arina Pan

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri ta’kidlaganidek, “hozirgi bo‘layotgan tadbirlar — paradga tayyorgarlik”.