Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Nogironlar hamisha e’tiborda

×

 2017-12-07 19:51:53    247

PDF yuklash
Chop etish


Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1992 yilda 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan bo’lib, bu kun har yili shahrimizda ham keng nishonlananadi. Zero, bolalikdan nogiron yoki taqdir hukmi bilan imkoniyatlari cheklangan shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, qalblariga ozgina bo’lsa-da quvonch ulashish, qolaversa ularni moddiy-ma’naviy rag’batlantirish eng savobli amallardan hisoblanadi.

Farg’ona shahar hokimligi tomonidan shu sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga shahrimizning 150 nafardan ziyod nogiron insonlari taklif etildi. Ularni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami bilan qutlagan shahar hokimi o’rinbosari Sh.Karimov mamlakatmizda mavjud kuchli ijtimoiy himoya siyosati hamda nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo’nalishidagi amaliy ishlar haqida gapirib o’tdi.

Shuningdek, so’zga chiqqan shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig’i H.Mamadjonov mustaqillik yillarida respublikamizda nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni qo’llab-quvvatlash masalalariga oid qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilayotgani hamda ularning salomatliklarini tiklash, davolash muolajalarini o’tkazish, tibbiy va ijtimoiy xizmat ko’rsatishga alohida e’tibor qaratilayotgani xususida qisqacha to’xtaldi.

Shu kuni "Biotest medikal" MChJ xomiyligida nogironlarga to’kin dasturxon yozildi, shahar hokimligining esdalik sovg’alari, siyosiy, ma’naviy, badiiy kitoblar topshirildi, Shahar madaniyat va aholi dam olish markazlari xonandalari tomonidan madaniy xizmat ko’rsatildi.

SURATDA: mehr-muruvvatga muhtoj hamshaharlarimizga kitoblar taqdim qilinmoqda.