Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Zamonaviy shifo maskani

×

 2017-12-07 19:24:44    2304

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yillik bayrami arafasida

     shahrimizda yana bir zamonaviy shifo maskani tantanali ochildi.

Inson salomatligini muhofaza qilish, oilalarda sog’lom turmush tarzi barqarorligini ta’minlash, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish, har tomonlama sog’lom avlodlarni voyaga etkazish kabi ezgu ishlar ko’lami yildan-yilga ortib bormoqda. Aytish joizki, bu borada tibbiy ixtisoslashgan markazlar faoliyatida amalga oshirilayotgan tub islohotlar ham yaxshi samara bermoqda.

Ayniqsa, Prezidentimizning 2017 yil 1 apreldagi "Sog’liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori xususiy tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ish jarayoniga yuqori texnologik uskunalarni joriy etish va tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga zamin yaratmoqda.

Tadbirkorlarga keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratib berilganidan maqsadli foydalanib kelayotgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi "Biotest medikal" MChJ ta’sischisi Azimjon Miraliev mana shunday xayrli ishlarga bosh-qosh bo’lib kelmoqda. Uning sa’yi harakatlari bilan Farg’ona shahri markazida yana bir tibbiyot klinikasi qurib bitkazildi.

Mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyat qoshida bunyod etilgan "Mediko hosrital" klinikasi O’zbekiston Respublikasi Kons-titutsiyasi qabul qilingan kun arafasida foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bo’lib o’tgan tantanali marosimda so’zga chiqqan shahar hokimi o’rinbosari Sh.Karimov va shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig’i H.Mamadjonov mamlakatimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash, zamonaviy tibbiyot muassasalarini ishga tushirish va mutaxassis shifokorlar malakasini oshirish  maqsadida olib borilayotgan davlat siyosatiga qisqacha to’xtalib o’tishdi. Shundan so’ng keng jamoatchilik olqishlari ostida ramziy lenta qirqildi.

– Yurtdoshlarimiz ayrim kasalliklarni davolash va murakkab jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun katta mablag’  sarflab xorijiy mamlakatlar shifoxonalariga murojaat qilishga majburlar. Davlatimiz rahbarining sohaga qaratayotgan e’tibori tufayli endilikda bu masala o’zimizda bosqichma- bosqich ijobiy echimini topmoqda. Biz ham Prezidentimiz tashabbusini qo’llab-quvvatlab, mazkur klinikani barpo etdik. Buning uchun 4 milliard 900 million so’m bank krediti va 3 milliard so’m o’z mablag’larimizni sarfladik. Shifo maskani Germaniya, AQSh, Koreya Respublikasi, Xitoy, Turkiya, Angliya, Hindiston kabi davlatlarning bugungi kun talabiga to’la javob beradigan eng yangi avlod tibbiyot buyumlari, texnikalari va asbob-anjomlari bilan jihozlandi. O’z navbatida, davolash ishlariga tajribali, yuqori toifali, chet mamlakatlarda malakali oshirgan shifokorlarni jalb qildik. Qolaversa, 60 nafar fuqarolar ish bilan ta’min-landi,-deydi "Biotest medikal" MChJ ta’sischisi Azimjon Miraliev.

Biz bilan suhbatda bo’lgan bosh ish yurituvchi N.Mamasodiqovning ta’kidlashicha, klinikada ham statsionar, ham ambulator sharoitlarda endourologiya, endoginekologiya, kosmitologiya, ortoped-travmatologiya kabi yo’nalishlar bo’yicha kasalliklarni kechayu-kunduz davolash yo’lga qo’yildi. Muhimi, zamonaviy tibbiy apparatlar yordamida aniq tahlil va tashhis qo’yish, tig’siz, og’riqsiz jarrohlik amaliyotlarini o’tkazish mumkin.

– O’zbekistonlik hamkorlar bilan o’zaro aloqani yo’lga qo’ydik,-deydi turkiyalik tadbirkor Abdullax Eralpp. – Mamlakatingizda xususiy sektor tibbiyot sohasida muhim ahamiyat kasb eta boshladi, Ularga keng ko’lamdagi imtiyozlar berilmoqda.  Imtiyozli kreditlar ajratilyapti. Bular yordamida zamonaviy asbob-uskunalar xarid qilinmoqda. Shu jumladan, mazkur klinikaga Turkiyadan ham jihozlar keltirildi. Kelgusida  hamkorlik doirasida shifokorlarimiz bu erga tashrif buyurib, ham tajriba almashadi, ham murakkab jarrohlik amaliyotlarini o’tkazishadi.

Tadbir davomida ikki nafar ehtiyojmand fuqarolarga nogironlar aravachalari topshirildi.