Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Tantanali yig’ilish

×

 2017-12-07 18:49:45    16

PDF yuklash
Chop etish


Vatanimiz va o’zbek xalqi hayotidagi qutlug’ sana, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 25 yilligi munosabati bilan "Kimyogar" madaniyat saroyida Farg’ona shahar hokimligi tomonidan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda hokimlik va boshqaruv idoralari, huquq-tartibot organlari mas’ul xodimlari, korxona-tashkilotlar, o’quv muassasalari rahbarlari, ma’naviyat va madaniyat xodimlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari vakillari va shahrimiz mehmonlari ishtirok etdi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan ochilgan tantanali yig’ilishda Farg’ona shahar hokimi Sh.Erkaboev so’zga chiqdi.

Shahar hokimi barchani O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami bilan samimiy muborakbod etish barobarida, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida ifoda etilgan Asosiy Qonunimizning davlat,  jamiyat va har bir fuqaro hayotidagi tamoyillariga to’xtalib o’tdi.

O’zbekistonning tarixan qisqa yillardagi taraqqiyot yo’lida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch va pirovard maqsadimiz bo’lmish obod va farovon hayot barpo etish hamda mustaqil mamlakatimizning xalqaro maydonda munosib o’rin egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning joriy yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilishi, bu yo’nalishda qabul qilingan davlat dasturi,  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilgani, fuqarolarning har bir murojaati e’tiborsiz qolmayotgani zamirida ham Konstitutsiyamizning qator moddalarida mustahkamlab qo’yilgan kafolatlar o’z aksini topayotgani haqida fikrlar bildirdi.

Yig’ilishda jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona shahar sudi raisi Sh.Xashimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida ma’ruza qildi. U mustaqilligimizning huquqiy kafolati, bugungi tinch-osoyishta kunlarimiz va kelajakdagi orzu-intilishlarimiz poydevori hisoblangan Konstitutsiyamiz tamoyillari asosida ijtimoiy-siyosiy hayotimizda erishilgan yutuqlarga, Bosh Qomusimizning inson sha’ni, huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida mustahkamlagan qoidalariga, yildan-yilga qadr topayotgan millatlararo totuv-likni ta’minlashdagi asoslariga, sohalarda, shu jumladan sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga batafsil to’xtaldi.

Tantanali ma-rosimda shahar hokimi Sh.Erkaboev demokratik islohotlarni amalga oshirish hamda o’z faoliyati va jamoat ishlaridagi faolligi, sog’lom avlodni voyaga etkazish va barkamol insonlarni tarbiyalashdagi fidoyiliklari, shuningdek joylarda jinoyatchilikning oldini olishdagi samarali xizmatlari uchun bir guruh xodimlarga shahar hokimligining  Faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alarini topshirdi.

Viloyatimiz va shahrimiz san’at ustalari tomonidan tayyorlangan katta kontsert  dasturi ishtirokchilarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

SURATLARDA: (yuqorida) shahar hokimi Sh.Erkaboev shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig’i H.Mamadjonovni shahar hokimligining Faxriy yorlig’i bilan rag’batlantirmoqda; (pastda) bayram tantanasi ishtirokchilari.