Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg’ona bozori asalga to’ldi

×

 2017-11-29 19:09:48    2051

PDF yuklash
Chop etish


An’anaga aylanib qolganidek, Farg’ona shahri markazida "Asal bayrami" bo’lib o’tdi.

Asalning shifobaxshligini bilmagan inson bo’lmasa kerak. Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino asalning ko’p turdagi dardlarga davoligi haqida yozib qoldirgan.

Respublikamizda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik sohalari qatori asalarichilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikamizda asalarichilik tarmog’ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori aynan asalarichilik tarmog’ini kengaytirish, bozorlarimizni asal-arichilik mahsulotlari bilan to’ldirish, aholini tabiiy, arzon va sifatli asal bilan ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Asal bayramida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan asalarichilik xo’jaliklari va qo’shni respublikalardan tashrif buyurgan soha mirishkorlari ishtirok etdi. Eng muhimi, hamshaharlarimiz, viloyatimiz aholisi va mehmonlari shifobaxsh mahsulotni hamda propolis, mum, ari suti, gul changi singari inson salomatligi uchun foydali, tabiiy darmondoriga boy bo’lgan asalarichilik mahsulotlarini ham maqbul narx-larda sotib olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.