Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg'onada mehnat muhojirlarini tayyorlash bo'yicha markaz ochiladi

×

 2017-10-16 11:37:05    699

PDF yuklash
Chop etish


2018 yilning birinchi choragida Farg'ona viloyatida rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda Mehnat migrantlarini tayyorlash bo'yicha markaz ochiladi.  Bu haqda 26 iyul kuni tashkil etilgan anjumanda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov Kun.uz muxbiri bilan bo'lgan suhbat chog'ida ma`lum qildi.

 Ma`lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiyaga tashrifi chog'ida "O'zbekiston va Rossiya hukumati o'rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to'g'risida" bitim imzolangan edi. Bitimga ko'ra, ikki tomon O'zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo'yicha hamkorlikning tartibi va shartlarini belgilab oldi.

26 iyul kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun jo'nab ketayotgan bir guruh O'zbekiston fuqarolarini kuzatish marosimi bo'lib o'tdi. Kun.uz muxbirining  xabar berishicha,  yuqorida qayd etilgan bitimga muvofiq, O'zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda mehnat migrantlarini o'qitish va ishga moslashtirish bo'yicha markazlar ochilmoqda. Dastlab ana shunday markazlardan biri tez kunlarda Farg'ona viloyatida ishga tushishi ko'zda tutilgan. 

"O'zbekiston va Rossiya o'rtasida kelishilgan bitimlarga muvofiq, endilikda Rossiyada mehnat qilish istagida bo'lgan fuqarolar uchun yana ko'proq imkoniyatlar yaratiladi, ularning huquqlari himoya ostida bo'ladi. Tez kunda ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik natijasida Farg'onada o'zbekistonlik mehnat muhojirlarini ishga tayyorlash va moslashtirish bo'yicha markaz tashkil etiladi. U yerda fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o'tishi, qaysi mutaxassislikka to'g'ri kelishini sinab ko'rishi,  rus tili bo'yicha sertifikatni qo'lga kiritishi va albatta, barcha zaruriy hujjatlarni tayyorlash uchun kerakli ko'rsatmalarni olish imkoniga ega bo'ladi. Avvalari, o'zbekistonlik migrantlar Rossiyada o'ziga mos ish topish va sertifikatni qo'lga kiritish uchun ko'p vaqtini, ham naqdini sarflagan bo'lsa, mazkur markaz fuqarolarimizning O'zbekiston hududida turib, barcha jarayonlardan oson o'tishini ta`minlab beradi", deya ta`kidladi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov.