Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Ishonch telefoni reglamenti

 2017-09-28 12:20:45    70

PDF yuklash
Chop etish


QISQA RAQAM 243 91 91

Ish vaqti: haftaning dushanba-juma kunlari, 9:00 dan 18:00gacha

Shahar hokimligining “Ishonch” telefonlari orqali kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni ko’rib

chiqish tartibi to’g’risidagi

YO’RIQNOMA

I. Umumiy  qoidalar.

Ushbu yo’riqnomaning maqsadi  shahar, tuman hokimliklarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) bilan ishlashni yaxshilash, fuqarolarga ularni qiynab turgan muammolarini joyni o’ziga chiqish yo’li bilan hal etishga yaqindan yordam  berishdan iborat.

Shahar hokimining ko’rsatmasiga binoan amaldagi shtatlar jadvali doirasida shahr hokimligi apparati xodimlaridan birlariga “Ishonch ”telefoni orqali kelib tushayotgan murojaatlarni qayd etib borish topshirig’i beriladi.

           

II. Murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlari.

Ushbu yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatalar to’g’risida» gi qonuniga asoslangan holda ishlab chiqildi.

Ushbu yo’riqnomaning amal qilishi:

ko’rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo’jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo’linmalarining o’zaro munosabatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

       

III. “Ishonch” telefoniga murojaat etish tartibi.

Shahar hokimligining Farg’ona shahar Nurafshon ko’chasi 15-uyida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida jismoniy va yuridik shaxslardan telefon orqali kelib tushgan og’zaki murojaatlarni  qabul qilib olish uchun  244- 91-91 va 244- 91-91 raqamli  telefonlar joriy etiladi.

Ushbu telefonlar raqamlari shahr ommaviy axborot vositalari orqali keng axoli qatlamlariga etkaziladi.

           Mazkur telefonlarga murojaatlar og’zaki ravishda ertalab soat 9-00 dan kech 18-00 qadar dushanba - shanba kunlari qabul qilinadi. Telefon orqali ma’lumot berish muddati 20 minutdan oshmasligi kerak.

           Shahar hokimligining “Ishonch” telefoniga murojaat qilgan shaxslar o’z shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlarini,  yashash manzilini, javoblar berish uchun uy yoki qo’l telefonlari raqamlarini va murojaatining asosiy maqsadini telefon orqali aniq ma’lum  qilishlari zarur.

Murojaat etuvchi o’zining ismi familiyasi, yashash manzili, telefon raqami va murojaatida ko’rsatilgan korxona va tashkilotning joylashgan manzili, uning raxbari to’g’risidagi ma’lumotlarni aytishdan bosh tortgan holatlarda, bunday murojaatlar anonim deb topilib, ko’rib chiqilmasligi mumkin.

Ma’lumotlarni yozib olgan shahar hokimligining belgilangan mas’ul xodimi kun bo’yi qabul qilingan murojaatlarning ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.

 

    IV. «Ishonch»  telefoniga tushgan murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi.

            Qabul qilib olingan murojaatlar ro’yxatlari asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda belgilangan topshiriqlar yuzasidan taaluqli tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish uchun  shahar hokimiga taqdim etiladi.

Shahar hokimidan imzolanib chiqqan topshiriq umumiy bo’lim rahbarining yo’naltiruvchi xati bilan taaluqli ijrochilarga etkaziladi.

           Ijrochilar tomonidan «Ishonch» telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarni 15 kunlik muddatda (agar shahar hokimi tomonidan boshqa muddatlar belgilanmagan bo’lsa)   o’rganib chiqib, ijrosini ta’minlash choralarini ko’riladi. O’rganish natijalari yuzasidan murojaat etuvchiga va shahar hokimligiga yozma ma’lumotlar yuborishlari shart.

Kelib tushgan murojaatlarga ijrochilar tomonidan berilgan javoblarning xaqqoniyligiga shahar hokimligi umumiy bo’limi xodimlari jismoniy va yuridik shaxslarning mavjud telefonlari orqali aniqlik kiritishlari mumkin.

           Ijrochilar tomonidan sifatsiz ko’rilgan murojaatlar takroran ko’rib chiqish uchun  qaytariladi.

Murojaatlar shahar hokimligi apparati xodimlari tomonidan ijrosi ta’minlangan hollarda, mualliflarga javoblarni telefon orqali berilishiga va nazoratdan chiqarilishiga ruxsat etiladi.

Har bir kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar va ularning natijasi yuzasidan shahar hokimiga ma’lumot kiritib boriladi.

Viloyat hududida faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlar, viloyat boshqarmalari rahbarlari, shahar, tuman hokimliklari viloyat hokimligining «Ishonch» telefoni orqali tushgan va ularga ijro uchun yuborilgan murojaatlarni O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar to’g’risida»gi qonun va mazkur yo’riqnomada belgilangan tartib asosida ko’rib chiqishga mas’uldir.