Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI ELEKTRON HUJJAT AYLANISHI TO’G’RISIDA

 2017-09-30 14:22:11    4000

PDF yuklash
Chop etish


(O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 20-son, 230-modda)

1-modda.Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda.Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlari

Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

3-modda.Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati

Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qo’llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan.

4-modda.Elektron hujjat aylanishi

Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo’natish va qabul qilib olish jarayonlari yig’indisidan iborat bo’ladi.

Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.

5-modda.Elektron hujjat

Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir.

Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.

Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.

6-modda.Elektron hujjatning rekvizitlari

Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:

elektron raqamli imzo;

elektron hujjatni jo’natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo’natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

elektron hujjatni jo’natuvchining pochta va elektron manzili;

hujjat yaratilgan sana.

Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.

7-modda.Elektron hujjatning yuridik kuchi

Elektron hujjat qog’oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo’ladi.

8-modda.Elektron hujjatning asl nusxasi

Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo’lsa, asl nusxadir.

9-modda.Elektron hujjatning qog’oz nusxasi

Elektron hujjatning qog’oz nusxasi bo’lishi mumkin.

Elektron hujjatning qog’oz nusxasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi.

10-modda.Elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari

Elektron hujjatni jo’natuvchi va elektron hujjatni qabul qilib oluvchi elektron hujjat aylanishining ishtirokchilaridir.

Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin.

11-modda.Elektron hujjatni jo’natuvchi

Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko’rsatilgan hamda elektron hujjatni qabul qilib oluvchiga elektron hujjatni jo’natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron hujjatni jo’natuvchidir.

12-modda.Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi

Elektron hujjatni jo’natuvchi tomonidan elektron hujjat qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga yo’llangan bo’lsa, shu shaxs elektron hujjatni qabul qilib oluvchidir.

13-modda.Axborot vositachisi

Elektron hujjat aylanishi bilan bog’liq xizmatlarni shartnoma asosida ko’rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs axborot vositachisidir.

Axborot vositachisi, agar elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, elektron hujjatlar mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini o’zgartirishga haqli emas.

14-modda.Elektron hujjatni jo’natish

Elektron hujjat, agar u bevosita elektron hujjatni jo’natuvchi yoki uning axborot vositachisi tomonidan jo’natilgan bo’lsa, jo’natilgan deb hisoblanadi.

Agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, elektron hujjatni jo’natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo’lmagan jo’natilish vaqti elektron hujjatni jo’natish vaqti deb hisoblanadi.

15-modda.Elektron hujjatni qabul qilib olish

Agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa:

elektron hujjatni qabul qilib oluvchi tomonidan ko’rsatilgan axborot tizimi orqali elektron manzil bo’yicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi;

elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul qilib olinishini ta’minlagan axborot tizimi hatto boshqa erda joylashgan bo’lsa ham, elektron hujjatni qabul qilib oluvchi turgan joyda qabul qilib olingan deb hisoblanadi.

16-modda.Elektron hujjatlarni saqlash

Elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi kerak.

Elektron hujjatlarni saqlash chog’ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog’oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.

Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, shunga o’xshash maqsadga mo’ljallangan qog’oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo’lmasligi kerak.

17-modda.Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish

Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish elektron hujjat aylanishining ishtirokchilariga yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilishining oldini olish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

18-modda.Nizolarni hal etish

Elektron hujjat aylanishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

19-modda.Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2004 yil 29 aprel,

611-II-son