Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Murojaatnomada belgilangan har bir vazifani bajarishga barchamiz masʼulmiz

×

 2020-01-28 17:20:53    1040

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2020 yil davomida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab berish bilan birga, barcha sohalarda yangi innovatsion yondoshuvlar talab etmoqda.

Bugun murojaatnoma mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholi o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Farg‘ona shahar hokimligida Prezidentimizning 24 yanvarda Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaatnomasini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar hokimining o‘rinbosaralari, deputatlar, shahardagi davlat hamda jamoat tashkilotlari, korxonalar rahbarlari, yoshlar ishtirok etdi.

Murojaatnomada xalqimizga munosib hayot barpo etish yo‘lidagi ezgu tashabbuslar barchaga yangidan yangi g‘oyalar berdi. Unda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan. Murojaatnoma yurtdoshlarimiz tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda, ekspert va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Murojaatnomada davlatimiz rahbari tomonidan bundan buyon islohotlarning asosiy tashabbuskori jamiyat bo‘lishi, vakillik hokimiyati ijro hokimiyati faoliyatini izchil nazorat qilishi bilan bog‘liq g‘oya ilgari surildi. Kuchli fuqarolik jamiyatini qaror toptirish, xalq irodasining davlat uchun ustuvorligini taʼminlash shu g‘oya orqali samarali amalga oshadi. Jamiyatdagi dolzarb masalalar bo‘yicha jamoatchilikning fikri va kayfiyatini o‘rganish va hisobga olish maqsadida yangi institut – Jamoatchilik palatasi tashkil etilishi bildirildi.

Shuningdek, yoshlarimizni o‘qish, hunar o‘rganish, salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ishlab taraqqiyotga xizmat qilish uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish kabi dolzarb vazifa ilgari surildi. Yilning “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlanishi ham shunga daʼvat. Yana bir fikr shundaki, inson qachon yaxshi ishlar qiladi, qachon kuchli bo‘ladi? Qachon u emin-erkin bo‘lsa, uning yo‘lidan turli sunʼiy to‘siqlar olib tashlansa, albatta. Ruhan erkinlikni tuymagan inson ilm-maʼrifatli bo‘lishi, ilg‘or zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi, bugungi dunyoga integratsiyalashishi qiyin. Shu maʼnoda, masalan, propiska tizimining isloh etilishi masalasi qo‘yilgani ham juda dolzarbdir.

Shuningdek, tadbir so‘zga chiqqanlar ham murojaatnoma haqida o‘z-fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar mamlakatimizni barcha sohalarda izchil rivojlantirish bo‘yicha muhim dasturilamal bo‘lib, uni joylarda o‘rganish, tahlil qilish har jihatdan muhim ekani taʼkidlandi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonynchilik palatasi deputati U.Jabborov ishtirok etdi a so‘zga chiqdi.