Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Inson qadri ulug’, xotira muqaddas

×

 2018-05-15 18:22:19    2276

PDF yuklash
Chop etish


Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat namunalarini amalda namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, qaqshatqich jangu jadallardan omon chiqib, o’z ona yurtiga sog’-omon qaytib kelgan va tinchlik yillarida ham ezgu, fidokorona mehnatlari bilan qadr topgan, dorilamon kunlarda sizu biz bilan umrguzaronlik qilayotgan piru badavlat ota-bobolarimizni va front ortida turib, buyuk g’alabaga munosib hissa qo’shgan zahmatkash momolarimizni e’zozlash xalqimizga xos azaliy fazilatdir.

9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Farg’ona shahridagi Xotira maydoniga davlat va boshqaruv organlari rahbarlari, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar oila a’zolari, baynalmilalchi- jangchilar, harbiy xizmatchilar, deputatlar, korxona va tashkilotlar, ta’lim va sog’-liqni saqlash muassasalari, siyosiy partiyalar vakillari, keng jamoatchilik, o’quvchi yoshlar tashrif buyurdi.

Tantanali marosim avvalida viloyat hokimi Sh.G’aniev va Sharqiy harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondoni L.Buzrukov urush va mehnat faxriylarini qutlab, ularga samimiy tilaklarini bildirishdi. Shundan so’ng Farg’ona viloyati hokimligi, Sharqiy harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondonligi, huquq-tartibot idoralari, Farg’ona shahar hokimligi, korxona-tashkilotlar, o’quv muassasalari hamda shahar jamoatchiligi tomonidan “Motamsaro ona” haykali poyiga turfa gulchambarlar qo’yildi, urush davrida halok bo’lgan farg’onaliklar nomi bitilgan "Xotira kitob"lari varaqlandi.

El-yurt tinchligi, Vatan ozodligi uchun kurashgan va jang maydonlarida halok bo’lgan yurtdoshlarimizga hurmat bajo keltirilgach, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. So’ngra harbiy marsh sadolari ostida Sharqiy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari, jamoatchilik posbonlari va harbiy mashinalar saf tortib o’tdi. Shahar aholisi va mehmonlari ularni olqishlar bilan qarshi oldi. 

Shu kuni "Jasmin" majmuasida ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari uchun bayram das-turxoni yozildi. Ularni viloyat hokimi Sh.G’aniev Xotira va Qadrlash kuni bilan tabrikladi hamda esdalik sovg’alarini tantanali topshirdi. Viloyatimizning taniqli san’atkorlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari badiiy jamoalari va yosh xonandalar ishtirokida katta kontsert dasturi namoyish etildi.

suratlarda Xotira maydonidagi bayram tantanalari aks etgan.