Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Me’moriy yodgorlik ochildi

×

 2018-02-19 19:27:27    2142

PDF yuklash
Chop etish


Dunyo hamjamiyatida o’zbek xalqiga havas qilganlar ko’p. O’zbekistonning barqaror taraqqiy etib borayotganini ko’rolmayotgan g’animlar ham yo’q emas. 2000 yilda bir guruh terroristlar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari orqali ko’hna zaminimizga xiyonatkorona bostirib kirdi. Ammo  ular qora niyatiga etolmadi. Vatanimiz posbonlarining qaqshatqich zarbasiga uchradi.

Terrorchilarga qarshi kurashda Dilshod Asanov safdoshlari qatori jasorat ko’rsatdi. Biroq u  shafqat bilmas jangda qahramonlarcha halok bo’ldi. Farg’onaning mard o’g’loni "Iftixor" mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashagan va 25-umumta’lim maktabida ta’lim-tarbiya olgan edi.

O’tgan shanba kuni Dilshod Asanov o’n yil saboq olgan maktabda qahramon Vatan posbonining siymosi aks ettirilgan me’moriy yodgorlikning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tantanali tadbirni ochgan maktab direktori F.Karimova Vatanni sevish, uni ko’z qorachig’idek saqlash, kerak bo’lsa, bir siqim tuproq uchun jonini baxshida qilish ajdodlarimizdan qolgan muqaddas tuyg’u, qon-qonimizga singib ketgan fazilat ekanligini ta’kidlab, o’z oilasi, vatandoshlari, ona yurtini yovuz kuchlardan asrash uchun jonini fido qilgan Dilshod Asanov ustozlarining, bugun maktab partasida o’tirgan o’quvchilarning, u yashagan mahalla ahlining, butun o’zbek xalqining faxr-iftixoriga aylanganini aytib o’tdi.

So’zga chiqqan viloyat hokimi o’rinbosari I.Nosirov mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish borasidagi amaliy ishlar haqida gapirib, yaqinda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to’g’risida"gi qonun mudofaa xususiyatiga ega bo’lib, Qurolli Kuchlarimizni mustahkamlash, birinchi navbatda, davlat suvereniteti va mamlakatimiz hududiy yaxlitligini, odamlarimizning   tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishga yo’naltirilganini hamda bugungi kunda milliy armiyamizda xizmat qilish barka-  mol avlodlarimizning  muqaddas burchiga aylanganini ta’kidladi. Vatanimiz chegaralarini qo’riqlash, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini ta’minlashda haqiqiy vatanparvarlik va jasorat namunalarini ko’rsatib, xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar nomini faxr bilan yodga oldi.

– Vatan muqaddas tuyg’u, ona Vatanini sevgan inson har qanday vaziyatda ham kindik qoni to’kilgan tuproqqa gard yuqtirmaslikka harakat qiladi. Dilshod Asanov ana shunday jasur vatandoshimiz edi,-deydi O’zbekiston Qurolli mojarolar va antiterroristik kurash nogiron-faxriylarining "Vatan" xayriya jamoat fondi Farg’ona viloyati bo’limi ijrochi direktori Davlatjon Nishonov.

Shuningdek, tadbirda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari M.Yo’ldoshev, Farg’ona politexnika instituti ma’naviyat bo’limi boshlig’i B.Abduxalilov, Dilshod Asanovning amakisi N.Asanov so’zga chiqib, qahramon o’g’lonning hayoti va insoniy fazilatlari haqida gapirib o’tishdi.

Shundan so’ng viloyat hokimi o’rinbosari I.Nosirov, Dilshod Asanovning oila a’zolari, ustozlari va mahalladoshlari yodgorlikni tantanali ochdilar.  Yodgorlik poyi turfa gullarga burkandi.

– Mening farzandim o’lgan emas, u bir umr qalbimda yashaydi. Shunday mard o’g’ilni o’stirganimdan faxrlanaman. Ona Vatani ozodligini, ajdodlari xoki yotgan tuproqni himoya qilaman deb halok bo’lgan insonlarni xalqimiz hech qachon unutmasligini har vaqt his qilib turibman. Endi Dilshodjonning mangu barhayot siymosi ta’lim-tarbiya olgan maktabida kelajak avlodlarini o’zi kabi vatanparvar bo’lib voyaga etishga da’vat etib turishi ko’nglimni yanada ko’taradi,-deydi  Dilshod Asanovning  volidai muhtaramasi Xolidaxon ona.

Tadbirda maktab o’quvchilari – bo’lajak Vatan posbonlarining ko’rgazmali  mashqlari va badiiy chiqishlari namoyish etildi.