Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

×

 2018-02-05 18:40:56    2009

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’anievich Karimov o’z xalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevar edi va o’zining so’nggi kunlariga qadar butun hayotini O’zbekistonga xizmat qilishga bag’ishladi

Buyuk insonga minnatdor xalqning ehtiromi cheksiz

Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi muhtasham Sanoat saroyida «O’zbekneftgaz» AJ,   Farg’ona viloyati va Farg’ona shahar hokimliklari tomonidan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’anievich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy anjuman tantanali nishonlandi.

Unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmua, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi, "O’zbekneftgaz" AJ va "O’zneftmahsulot" AJ tizimidagi Farg’ona, Andijon, Namangan viloyatlarida joylashgan korxonalar rahbarlari va mas’ul xodimlari, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, shahardagi o’quv muassasalari, tashkilot va korxonalar boshliqlari, adabiyot, sanoat, madaniyat va ma’naviyat namoyandalari, nuroniylar, yosh avlod vakillari, huquq-tartibot idoralari, o’zini o’zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy anjuman O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. So’ngra Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan hujjatli filpm namoyish etildi.

Tantanali tadbirda taniqli jurnalist Sevara Tursunova, O’zbekiston xalq artisti Galina Melpnikova istiqlol meomori, mustaqil O’zbekiston davlati asoschisi Islom Abdug’anievich Karimovning hayot yo’li, tarixiy faoliyati, davlat va jamoat arbobi sifatidagi ulkan xizmatlari haqida gapirib o’tishdi.

Hali mustabid tuzum hukmronlik qilayotgan yillardayoq Birinchi Prezidentimiz shu aziz Vatanimizning fidoyi farzandi ekanligini, yuksak eotiqod sohibi, mard va jasurligini, kindik qoni to’kilgan ona yurti uchun jonini fido qilishga tayyor insonligini ko’rsata oldi. U insonparvar demokratik huquqiy davlatning tamal toshini qo’ydi, nafaqat O’zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat, obro’-eotiborga sazovor bo’lgan ulkan siyosatchi va jamoat arbobi edi.

 Farg’ona viloyati hokimi Sh.G’aniev Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov ibratli hayoti, serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan mustaqil Vaatanimiz tarixida o’chmas nom qoldirganini taokidladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 27 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to’g’risida"gi qarori mazmun-mohiyatiga to’xtaldi.

Birinchi Prezidentimiz haqiqatan ham o’zbek xalqining buyuk farzandi edi. U suveren va mustaqil O’zbekistonni barpo etishdan tortib, jahonda o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lishigacha, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini taominlashdan, buyuk ajdodlarimizning xotirasini, milliy qadriyatlarimizni tiklashgacha tinib-tinchimadi, elim deb yashadi, yurtim deb jon kuydirdi. 

Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi. Poytaxtimiz va boshqa hududlardagi markaziy ko’chalar, muassasalar, jome masjidiga, shuningdek Toshkent davlat texnika universitetiga, Asaka shahridagi avtomobil zavodiga, Farg’ona shahridagi Sanoat saroyiga, Toshkent xalqaro aeroportiga Islom Karimov nomi berildi. Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etildi. Toshkent, Samarqand shaharlarida u kishining mahobatli haykallari qad rostladi. Poytaxtimizdagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyi tashkil etildi. Bu xayrli ishlarning barchasi buyuk insonga minnatdor xalqning hurmati va ehtiromi namunasidir.

Shuningdek, taniqli akademik T.Qo’ziev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmua masoul xodimi U.Azizov, O’zbekiston xalq shoiri E.Siddiqova, jurnalist I.Abdujabborov, "Nuroniy" jamg’armasi viloyat bo’limi rahbari T.Xoldorov buyuk tarixiy shaxs, o’zbek xalqining ulug’ va ar-doqli farzandi Islom Karimovning davlat rahbari sifatida ozod va obod Vatanni bunyod etish, xalq farovonligini taominlash, buyuk kelajakni yaratish yo’lidagi mashaqqatli faoliyatiga to’xtalib o’tdilar, Birinchi Prezidentimizning bag’rikengligi va insoniy fazilatlariga hayotiy misollar keltirildi.

Islom Abdug’anievich Karimovning turmush o’rtog’i Tatpyana Karimovaga so’z berilishini farg’onaliklar olqishlar bilan kutib oldi. Samimiy va hayajonli xotiralar qalblarni to’lqinlantirdi.

Islom Abdug’anievich Karimov mustaqil O’zbekiston ravnaqini, el-yurt farovonligini, o’zbek xalqining manfaatlarini, quvonchu tashvishlarini, o’zimning farzandlarim deb bilgan yosh avlod vakillarining kelajagini yurakdan his etardi.

Tatpyana Karimova taokidlaganidek, Islom Karimovning farg’onaliklarga mehri boshqacha edi. U Farg’onani sevardi, bu jannatmakon o’lka mehnatkashlariga hurmati hamisha baland edi. Uning tashabbusi va bevosita meomorchiligi bilan muhtasham koshona Farg’ona ahliga munosib tuhfa bo’ldi. Davlat rahbari sifatida har safar Farg’onaga tashrif buyurganlarida qalblari tog’dek ko’tarilardi, safardan ko’ngillari shod, baland ruh, ko’tarinki kayfiyatda qaytardi.

Dildan aytilgan fikrlar bir necha bor olqishlandi. O’zbek xalqining buyuk yo’lboshchisi bilan uzoq yillar umrguzaronlik qilgan kamtarin va samimiy insonga  yurtdoshlarimiz cheksiz minnatdorchilik bildirib, unga chuqur hurmat va ehtirom ko’rsatdilar, turfa gullar taqdim etildi hamda viloyat hokimligining esdalik sovg’asi topshirildi.

Tadbirda viloyatimizning taniqli sanoatkorlari ijrosida katta kontsert dasturi namoyish etildi.

Qirguli mazveidagi "Visol" tantanalar uyida tashkil etilgan "Islom Karimov – xalq qalbida mangu barhayot" mavzuidagi tadbirda Birinchi Prezidentimiz ruhi poklariga atab Qur’oni karim oyatlaridan tilovat qilindi. Tantana ishtirokchilari bo’lgan mehmon-larga hamda hamshaharlarimizga ehson oshi tortildi. "Neftchi" madaniyat saroyi badiiy jamoalari tomonidan madaniy xizmat ko’rsatildi.

 (yuqorida) Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning turmush o’rtog’i Tatpyana Karimovaga ehtirom ko’rsatilmoqda; (pastda) tantanali tadbir jarayonlari.