Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Yuksak eotibor namunasi

×

 2018-01-20 17:25:40    2739

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan sana va Vatan himoyachilari kuni mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinchligi va osoyishta hayotini himoyalashga qodir bo’lgan, istiqlol yillarida ravnaq topib, ishonchli va qudratli kuchga aylangan milliy armiyamizda xizmat qilayotgan harbiylarnigina emas, balki shu aziz yurtda istiqomat qilayotgan har bir vatandoshimiz uchun faxrli bayramga aylanib ulgurdi.

Bu yilgi bayram tadbirlari butun mamlaka-timizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2017 yil 7 dekabrdagi "O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish choratadbirlari to’g’risida"gi farmoyishiga asosan "Milliy armiyamiz yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir" shiori ostida tantana qilinmoqda. Bu ham bo’lsa, milliy armiyamizga, Qurolli Kuchlarimiz tizimiga va harbiy xizmatchilarga berilgan yuksak eotiborning namunasidir.

Farg’ona sanoat kollejida bayram munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimga davlat va boshqaruv idoralari, huquq-tartibot organlari xodimlari, tinchlik va osoyishtaligimiz posbonlari – harbiy xizmatchilar, deputatlar, baynalmilalchi-jangchilar, keng jamoatchilik vakillari, o’quvchi yoshlar va «Temuriylar maktabi» kursantlari taklif qilindi. Ular Farg’ona sanoat kolleji o’quvchilari ijrosidagi tantanavor musiqa sadolari ostida kutib olindi.

Vatan himoyachilarini sharaflash hamda ularni bayram bilan qutlash marosimini shahar hokimi Sh.Erkaboev ochdi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Shahar hokimi Sharqiy harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondonligi tasarrufidagi harbiy qismlar harbiy xizmatchilari, mudofaa ishlari, huquq-tartibot organlari xodimlari, faxriy ofitserlar, serjantlar va baynalmilalchi-jangchilarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etib, milliy armiyamizning nufuzi va salohiyatiga qisqacha to’xtalib o’tdi, tinch-osuda hayotimiz va farovon turmushimiz kafolati bo’lgan Vatan himoyachilari sha’niga samimiy tilaklarini bildirdi.

– Biz milliy armiyamiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz,-dedi shahar hokimi Sh.Erkaboev. – Mustaqillikning tarixan qisqa yillarida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish bo’yicha qabul qilingan davlat dasturiga muvofiq, bugungi kun talablariga javob beradigan, zamonaviy qurol-yarog’ va harbiy texnikalar bilan yaxshi ta’minlangan, ixcham va tezkor professional milliy armiya shakllandi.

Sohadagi izchil islohotlar davomi sifatida shu yil 9 yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev "O’zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to’g’risida"gi qonunni imzoladi. Mazkur qonun hujjati mudofaa xususiyatiga ega bo’lib, Qurolli Kuchlarimizni mustahkamlash, birinchi navbatda, davlat suvereniteti va mamlakatimiz hududiy yaxlitligini, odamlarimizning tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishga yo’naltirilgan.

Mamlakatimizning zamonaviy Qurolli Kuchlarini tashkil etishda harbiy qurilish sohasiga printsipial jihatdan yangicha yondashuvning ishlab chiqilgani ko’p jihatdan hal qiluvchi omil bo’ldi. Bu yondashuv shiddat bilan o’zgarib borayotgan vaziyatning o’ziga xos xususiyatlarini har tomonlama hisobga olish, shuningdek xorijiy davlatlarning tajriba va yutuqlarini amaliy jihatdan puxta o’zlashtirishga asoslanganini taokidlash lozim.

Yana bir muhim jihat: viloyat hokimining 2017 yil 24 dekabrdagi "Farg’ona viloyati hududida harbiy maomuriy sektor faoliyatini tashkil etish to’g’risida"gi 620-sonli qarori qabul qilindi. Bu qarorga asosan, armiya bilan xalqning yakdilligiga erishish, jamoat tashkilotlarining Sharqiy harbiy okrugining harbiy qismlari va muassasalari bilan yaqin hamkorligini yo’lga qo’yishga alohida eoti-bor qaratilgan.

Taokidlandiki, mustaqil mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, turar joy, mai-shiy va tibbiy xizmat bilan tao-minlash bo’yicha qator davlat dasturlari qabul qilingan. Davlat dasturlari doirasida harbiy xizmatchilarning oila aozolarini moddiy va ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Farg’ona shahrida ham 2017 yilning o’zida 4 ta ko’p qavatli turar joylar bunyod etilib, Vatan himoyachilari bo’lgan harbiy xizmatchilar oilalariga topshirildi.

O’z navbatida, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida sharafli va masouliyatli burchini ado etib kelayotgan ofitserlar, oddiy askarlarda tarixan qisqa davrda yuksak maonaviy fazilatlar,  mustahkam iroda, Vatan taqdiri uchun daxldorlik hissi kamol topdi. Milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish haqiqiy mardlik    va jasurlik ishiga aylandi.

Shahar hokimi Vatanimiz chegaralarini qo’riqlash, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, kindik qoni to’kilgan yurtni himoya qilishda haqiqiy-vatanparvarlik va jasorat namunalarini ko’rsatib, xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan Dilshod Asanov, Ilhomjon Jo’raev, Fahriddin Umarov, Far-hod Ubaydullaev, Hasanboy G’ofurov, Mansur Mamatqulov, Nodirbek Yunusov nomini faxr bilan yodga oldi. Ularning oila aozo-lariga cheksiz minnatdorchilik bildirdi.

Tantanali marosimda jasur va qahramon marhum harbiy xizmatchilarning ota-onalariga va turmush o’rtoqlariga, shuningdek yurtimiz tinchligi va xavfsizligini taominlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholi o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda alohida namuna ko’rsatib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga, davlat va huquq-tartibot organlari xodimlariga, baynalmilalchi-  jangchilarga Farg’ona shahar hokimligining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari topshirildi.

Viloyatimizning taniqli sanoat-korlari, so’z ustalari, badiiy jamoalari, Farg’ona sanoat kolleji o’quvchilari ijrosidagi katta kontsert dasturi ishtirokchilar qalbiga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

SURATLARDA: shahar hokimi Sh.Erkaboev,  shahar IIB boshlig’i H.Soliev namunali soha xodimlarini bayram bilan qutlashmoqda; sha-har hokimligining Faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan osoyishtaligimiz posbonlari Zikrillo Hakimov, Shahnoza Parpiboeva va Ruslan Kamchiev; bayram tantanasi ishtirokchilari.