Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARGʼONA SHAHAR HOKIMLIGINING BAYONOTI

 2020-01-08 22:33:32    1496

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi 147-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʼona shahrida tashkil etilgan tanlov savdolarini oʼtkazish komissiyasining
2014 yil 15 iyuldagi bayonnomasiga asosan “Star Line Group” MChJ tanlov gʼolibi deb topilgan.
Shundan kelib chiqib, 2015 yil 15 iyulda Fargʼona shahar hokimligi hamda “Star Line Group” MChJ oʼrtasida Аhmad Fargʼoniy koʼchasi hamda Bahor koʼchalari kesishmasidagi yer maydonida mehmonxona kompleksi qurish boʼyicha shartnoma tuzilgan va tegishli yer maydoni ajratib berilgan (shahar hokimligining 2014 yil 19 sentyabrdagi 1048-son qarori).
Korxona esa 1,5 yil davomida mehmonxona qurish ishlarini tugatish, 50 ta ish oʼrni yaratish hamda 4,5 milliard soʼm investitsiya kiritish majburiyatini olgan.
“Star Line Group” MChJ ushbu majburiyatlarini bilib turib, belgilangan muddatda, yaʼni 2016 yil 31 dekabrga qadar boʼlgan davrgacha qurilish ishlarini yakunlamay, 2016 yil 12 oktyabrda mehmonxonani “All Metall Gold” MChJga oʼzaro olti-sotdi shartnomasiga muvofiq, sotib yuborgan. “Star Line Group” MChJ bu bilan goʼyoki shartnoma majburiyatlarini bajarishni oʼz zimmasidan soqit qilgan.
“All Metall Gold” MChJ esa shartnoma ular bilan tuzilmaganligi va undagi shartlarni bajarmaslikni bildirmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʼyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-3217-son qarori 1-ilovasining 47-bandida ham “All Metall Gold” MChJ tomonidan 2018 yilning sentyabrь oyida mehmonxonani foydalanishga topshirish vazifasi yuklangan. “Star Line Group” MChJning majburiyati emas, Prezident qarori bilan oʼziga yuklangan vazifani bajarish muddati oʼtganiga ham 1,5 yil boʼldi.
Qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 184-moddasida, mol-mulk yangi mulkdorga oʼtganda, universal huquqiy vorislik tartibida sobiq mulkdorning huquq va burchlari ham unga oʼtadi, deb belgilab qoʼyilgan.
Fargʼona shahar hokimligi “All Metall Gold” MChJni oʼz majburiyatlarini bajarishi lozimligi va aks holda yer maydoni qaytarib olinishini bildirib, rasman ogohlantirgan.
Korxona tomonidan belgilangan muddatdan qariyb 4 barobar koʼp vaqt oʼtgan boʼlsada, mehmonxona qurib ishga tushirilmadi, tegishli soliq tushumlari bajarilmadi va eng muhimi, yangi ish oʼrinlari yaratilmadi.
Shuni inobatga olgan holda, shahar hokimligi korxona oʼz majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish talabi bilan sudga murojaat qilgan.
Ushbu jarayon hozir sud tomonidan koʼrib chiqilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat yuzasidan turli bir tomonlama fikrlar bildirilmoqda. Shuni aytishimiz mumkinki, Fargʼona shahar hokimligi tadbirkordan binoni yoki yer maydoni tortib olib, ularga zarar yetkazishga emas, shartnomada koʼrsatib oʼtilgan oʼz huquqini qonunan bajarilishi tarafdori. Va shuni sud orqali talab qilmoqda. Zero, mazkur yer maydonining qariyb 6 yildan buyon maqsadsiz va samarasiz turishi shahar iqtisodiyotiga koʼp tomonlama zarar keltiryapti. Аgar ushbu mehmonxona oʼz vaqtida qurib bitkazilganda edi...