Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Muqaddas Ramazonga puxta tayyorgarlik ko’rildi

 2018-05-17 08:15:29    1845

PDF yuklash
Chop etish


17 maydan boshlab butun mamlakatimizda muborak Ramazon oyi boshlanadi.

Xalqimiz uchun ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi hisoblangan muborak Ramazon oyining ijtimoiy hayotimizda o’zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash borasidagi alohida o’rni va ahamiyatini inobatga olgan holda hamda muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning tinchlik, bag’rikenglik, shukronalik kabi olijanob g’oyalarini keng targ’ib etish, diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug’lash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 mayda qabul qilingan «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o’tkazish to’g’risida»gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Farg’ona  shahar hokimligi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Bugungi kunda Farg’ona shahridagi rasmiy maqomga ega bo’lgan  «Ummul kubro», «Yangi chek», «Toyyiba», «Xo’jamberdiboy», «Nur», «Ahmadjon qori», «Jo’ydam» va «Muhammad Avliyo» jome masjidlarida katta tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Jome masjidlar yong’in xavfsizligi, sanitariya-gigiena holatlari bo’yicha to’liq nazoratdan o’tkazildi, jamoatchilik xavfsizligi bo’yicha tegishli tartibda tadbirlar ishlab chiqildi, har bir masjidga shahar hokimligi vakillari va jamoat tartibi posbonlari biriktirildi. Fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishlari, tarovih namozlari, xatmi Qur’on o’qishlari uchun qulay sharoitlar yaratildi. Masjidlar yon atrofiga avtotransport vositalarilar qo’yilmasligi bo’yicha choralar ko’rildi.

Imom-xatiblar ezgulik, saxovat, mehr-oqibat ramzi bo’lgan muborak Ramazon oyida tarovih namozlarida, iftorlik va xatmi Qur’on tadbirlarida ozod va obod mamlakatimizning barqaror rivojlanishida muhim o’rin tutgan tinchlik-osoyishtalik, diniy bag’rikenglik, millatlararo totuvlik hamda mazkur oyning ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o’rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizdagi mehr-oqibat, milliy qadriyatlarni e’zozlash, o’zaro ahillik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga xos olijanob fazilatlarni yoshlar ongiga singdirish, bir so’z bilan aytganda, insoniylik, ma’naviy poklik va shukronalik masalalarida ma’razalar qiladi.

Muqaddas Ramazon oyida shahardagi yordamga muhtoj va ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, «Mehribonlik», «Muruvvat», «Saxovat» uylarida bir qator xayriya tadbirlarini tashkillash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o’zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat beriladi.

Duoi iltijolar qabul qilinadigan Ramazon oyi hamshaharlarimizga muborak bo’lsin!