Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Alisher Navoiyga ehtirom

×

 2018-02-19 19:19:24    2275

PDF yuklash
Chop etish


Buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni, o’zbek tili va adabiyoti asoschisi Mir Alisher Navoiy tavalludiga 577 yil to’lishi munosabati bilan Farg’ona shahridagi ta’lim muassasalarida, adabiyot, ma’naviyat va san’at maskanlarida adabiy-badiiy kechalar, keng jamoatchilik ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. 

9 fevral tongini barcha yurtdoshlarimiz kabi hamshaharlarimiz ham xushkayfiyat bilan kutib oldilar. Erta tongdan shahar markazidagi Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi xiyobon qo’llarida gul tutgan minnatdor avlodlar bilan gavjumlashdi. Barcha-barchaning qo’llari ko’ksida, dillarida, tillarida shirin kalom, davlat va jamoat arbobi, milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimizning yuksalishiga, o’zbek madaniyatining taraqqiy etishiga katta hissa qo’shgan ulug’ insonga cheksiz ehtirom mavjud edi. Bu erda Alisher Navoiyni xotirlash va unga hurmat bajo keltirishga bag’ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Viloyat va shahar hokimliklari mas’ul xodimlari, deputatlar, korxona-muassasalar rahbarlari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, ma’naviyat  va ma’rifat jonkuyarlari, o’qituvchi va  o’quvchilar, mahallalar faollari, she’riyat muxlislari ishtirokidagi adabiyot va ma’naviyat bayramini ochgan viloyat hokimi Sh.G’aniev ulug’ so’z san’atkori Alisher Navoiyning milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirish hamda o’zbek davlatchiligini shakllantirishdagi ibratli xizmatlari, shuningdek uning olijanob insoniy fazilatlari haqida gapirib o’tdi.

Navoiy dahosiga ehtirom tadbirida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi raisi E.Siddiqova, Far-g’ona Davlat universiteti professori H.Jo’raev buyuk zotning sermazmun umr yo’li hamda uning dunyoda tengsiz, boy adabiy-badiiy merosi, yirik asarlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida gapirib o’tishdi.

Talaba-o’quvchilar Navoiy g’azallaridan namunalar o’zbek, rus, frantsuz va ingliz tillarida yod etdilar, shoir g’azaliga bastalangan mumtoz qo’shiqlar yangradi, muazzam haykal poyiga viloyat va shahar hokimliklari, korxona va muassasalar, mahallalar vakillari, adiblar, o’quvchilar, keng jamoatchilik tomonidan turfa guldastalar qo’yildi.

Shu kuni Islom Karimov nomli Teatr-kontsert saroyida nazm va navo kechasi bo’lib o’tdi