Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar qurilish boshqarmasining bildirishi

 2020-09-29 11:40:18    978

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar Alisher Navoiy ko‘chasidagi uylar juda yaqin masofada qurilayotganli, bu esa shaharsozlik va arxitektura me'yorlariga to‘g‘ri kelmayotganligi to‘g‘risidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan.

Mazkur masala bo‘yicha Farg‘ona shahar Qurilish boshqarmasi quyidagilarni  ma'lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 may kundagi PQ-3713-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Qishloq Qurilish Invest” MChJ injiniring kompaniyasi Farg‘ona viloyat filialining Farg‘ona shahar hokimligiga yozgan murojaat xati, Farg‘ona shahar Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi, Farg‘ona shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limi, Farg‘ona shahar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazining xulosalari, Farg‘ona shahar hokimligi xuzuridagi doimiy harakatdagi komissiyasining dalolatnomasi asosida Farg‘ona shahar hokimligining 2019 yil 17 aprelda 546-son va 2020 yil 4 mayda 217-son qarorlari qabul qilingan.

Unga ko‘ra Farg‘ona shahar “Ma'shal” MFY A.Navoiy ko‘chasi Asaka bank orqasidagi yer maydoniga O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi hodimlari uchun ikki dona ko‘p qavatli xizmat xonadonlari qurilishi rejalashtirilgan.

Farg‘ona shahar Qurilish boshqarmasi  tomonidan ob'ektning joylashuvi shaharsozlik norma qoidalari (ShNQ 2.07.01-03*) Shaharsozlik shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirishni 21.1-bandi talablari asosida joylashtirilib, hozirgi kunda qurilish ishlari olib borilayotganligini ma'lum qiladi.