Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Investorlar kuni”

×

 2019-04-11 08:39:06    1756

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 8 aprel kuni “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliyaviy institutlar va donor tashkilotlar mablag’lari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini belgilangan muddalarda amalga oshirish” yuzasidan o’tkazilgan videoselektorda xaftaning har chorshanba kuni “Investor kuni” deb belgilandi.

Shundan kelib chiqib, Farg’ona shahar hokimi 1-sektor rahbari X.Xabibidinov tomonidan shaharda jami loyiha qiymati 79 615 mln.so’m shundan 2 250 ming AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya hisobiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport logistika markazi tashkil etish loyihasini amalga oshirayotgan “UZ-SEGANG“ MChJ QKning xorijiy hamkorlari ya’ni Janubiy Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish jarayoni muhokama qilinib, uni o’z muddatida va sifatli amalga oshirish bo’yicha ko’rilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.  

Loyihani amalga oshirilishi natijasida yangi 60 ta ishchi o’rni yaratiladi va shaharning eksport salohiyati yanada oshadi.