Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Sektorda qabul

 2018-06-04 17:16:51    2028

PDF yuklash
Chop etish


Har bir murojaat e’tiborda

Prezidentimizning 2017 yil 8 avgustdagi "Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida"gi qaroriga muvofiq Farg’ona shahrida shahar hokimi, shahar prokurori, ichki ishlar va soliq idoralari rahbarlari boshchiligida faoliyat yuritayotgan to’rtta sektor tomonidan ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sektorlar bo’yicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha "yo’l xaritasi" ishlab chiqilgani faoliyatni samarali yo’lga qo’yish uchun muhim omil bo’lmoqda.

Avvalo aytib o’tish joizki, aholi bilan doimiy muloqot qilish, odamlarni qiynayotgan muammolarga echim topishning zamonaviy mexanizmi va samarali usullari joriy etilgani, yuridik shaxslar va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda shaxsiy mas’uliyat va javobgarlikning oshirilgani inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda ijobiy samara bermoqda.

Shahar hokimi rahbarlik qilayotgan 1-sektor hududida 20 ta mahalla fuqarolar yig’ini joylashgan. Hokim rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan hududdagi mahalla fuqarolar yig’inlaridagi xonadonlarning turmush sharoiti hamda korxona-tashkilotlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa sub’ektlarning faoliyati o’rganib chiqilgani, shuningdek sektor shtabida va bevosita sayyor qabullarda odamlar dardini eshitib, ularning murojaatlarini tinglab, mavjud muammo va kamchiliklarning joyida ijobiy hal etilayotgani fuqarolarning adolatga, davlatga va ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Joriy yilda ishchi guruhi a’zolari sektordagi 13122 ta xonadonlarda bo’lishdi. Uyma-uy yurilib aniqlangan 625 ta muammoning 487 tasi jo-yida va bevosita daxldor tashkilot-muassasalar mas’ul xodimlari ishtirokida o’z echimini topdi. Ma’lum vaqt talab qiladigan, viloyat darajasida yoki sud-huquq tizimi orqali hal etiladigan masalalar "yo’l xaritasi"ga kiritilib, qat’iy nazoratga olingan.

Ijobiy ishlar natijasi o’laroq, qator mahallalarning ichki yo’llari va yo’laklar asfalptlandi, kommunal tarmoqlar ta’mirlandi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatildi, muhtojlarga nogironlar aravachalari beminnat tuhfa etildi, ehtiyojmand oilalar va nogironlarga shahar zaxirasiga olinib, qayta ta’mir-lash orqali turar joylarga aylantirilgan binolardan xonadonlar ajratildi, yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarga imtiyozli kredit olishga ko’mak berildi, tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida vaqtincha ish bilan band bo’lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar, kollej bitiruvchilari, uyushmagan yoshlar ishga joylashtirildi.

Shuningdek, qator masalalarda ijtimoiy adolat tamoyili ta’minlandi. Bu kabi amaliy ishlar, odamlar dardini eshitish, ularning murojaatlarini tinglab, mavjud muammolarining joyida ijobiy hal etilishi fuqarolarning adolatga, davlatga va ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shahar hokimining sektor shtabidagi navbatdagi qabulida 13 nafar fuqarolar murojaatlari ko’rib chiqildi. Murojaatlar bo’sh er maydonida issiqxona tashkil etish, uy-joy bilan ta’minlash va boshlang’ich to’lov uchun kredit olishga ko’maklashish, ishga joylashtirish, davolanish uchun moddiy yordam ajratish, yuridik shaxsning o’ziga tegishli bo’lgan er maydonida maktabgacha ta’lim mu-assasasini qurishga ruxsat olish kabi masalalarda bo’-lib, har bir murojaat qabulda ishtirok etgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona shahridagi Xalq qabulxonasi, shahar ho-kimligining masalaga daxldor bo’lim va boshqarmalari boshliqlari, mahalla fuqarolar yig’inlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari raislari, bank muassasalari vakillari vakolati doirasida ko’rib chiqildi. Ularning aksariyati sektor shtabining o’zida ijobiy hal etildi, joyida va qo’shimcha o’rganiladigan masalalar bo’yicha tegishli boshqarmalar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

– Yashab turgan xonadonimni o’zimga biriktirish bo’yicha murojaat qilgandim. Men uchun muammodek bo’lib turgan masalani shahar hokimi xo’jalik hisobidagi uy-joy bo’limi orqali bir zumda ijobiy hal etib berdi. Murojaatim qanoatlantirilib, xonadonimni hujjatlashtirib olganimdan xursandman. Qa-buldan ko’nglim to’ldi,-deydi Madaniyat ko’chasida isti-qomat qiluvchi Dilbarxon Norimova.

Sektorda o’rganishlar va qabul davom etmoqda. Bir so’z bilan aytganda, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqning turmush darajasini oshirishga amaliy yordam ko’rsatishga doimiy e’tibor qaratilgan.