Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Davlat xizmatlari markazi yangi binoda

×

 2018-05-07 11:59:18    6304

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Farg’ona sha-har Davlat xizmatlari markazi bundan buyon barcha qulayliklarga ega zamonaviy binoda faoliyat ko’rsatadi.

Yaqinda B.Marg’inoniy ko’chasiga joylashgan Farg’ona shahar Davlat xizmatlari markazining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Shuhrat G’aniev qatnashdi.

– Aholiga hamda yuridik shaxslarga sifatli davlat xizmatlari ko’rsatish imkonini beruvchi bunday shart-sharoitlar "Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi" tamoyilining amalda bajarilishiga mustahkam zamin yaratadi,-dedi viloyat hokimi. – O’z navbatida, bu kabi qulayliklar zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanib, tezkor xizmatlar ko’rsatish uchun muhim ahamiyatga ega.

Farg’ona shahar Davlat xizmatlari markazi rahbari Odiljon Karimovning mahlum qilishicha, joriy yilning to’rt oyida markaz xodimlari tomonidan 4810 ta xizmat ko’rsatildi. Hisobot davrida 1272 ta tadbirkorlik sub’ektlari ro’yxatdan o’tkazildi.

Ayni paytda barcha shart-sharoitlar yaratilgan markazda malakali mutaxassislar tomonidan murojaat qi-luvchilarga 50 dan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatil-moqda.