Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Tantanali marosim

×

 2018-01-20 17:15:25    2135

PDF yuklash
Chop etish


14 yanvar kuni Farg’ona shahridagi Xotira maydonida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Unda ishtirok etgan viloyat va shahar hokimliklari ma’sul xodimlari, Sharqiy harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondonligi, huquqni muhofaza qilish organlari xizmatchilari, faxriylar va jamoatchilik vakillari muhtarama ona haykali poyiga  gulchambarlar qo’yishdi. Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan ota-bobolarimiz "Xotira kitoblari" varaqlanib, ular yodga olindi.

Tantanali tadbirda O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. So’ngra harbiy musiqa sadolari ostida Farg’ona shahrining markaziy ko’chalari bo’ylab Vatanimiz posbonlari, shuningdek Mudofaaga ko’maklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining sport musobaqalariga mo’ljallangan  avto-moto texnikalari hamda Sharqiy harbiy okrugi tasarrufidagi qurol-aslahalar va zirhli texnikalar saf tortib o’tdi. Keng jamoatchilik ularni olqishlab turdi.

Islom Karimov nomli Teatr-kontsert saroyida Sharqiy harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondonligi tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat qilib kelayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar hamda huquqni muhofaza qi-lish organlari xodimlarining tinchlik va osoyishtaligimiz yo’lidagi masouliyatli va mashaqqatli xizmatlarini eotirof etish hamda ularni bayram munosabati bilan taq-dirlash marosimi bo’-lib o’tdi.

Viloyat hokimi Sh.G’a-niev Prezidentimiz, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo’mondoni Sh.Mirziyoevning Vatan himoyachilariga tabrigini o’qib eshittirdi.

Tadbirda bir guruh osoyishtalik posbonlariga davlatimizning orden va medallari hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

Vatan himoyachilarini sharaflash marosimida taniqli sanoat  ustalari ijrosida katta kontsert dasturi namoyish etildi.

SURATLARDA: tantanali marosim jarayonlari aks etgan.