Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

YASHIL MAYDON MALIKALARI

 2017-09-28 11:15:59    2407

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda qizlar sportini rivojlantirish, munosib sharoitlarni yaratib berish, ayniqsa millionlar o’yini futbolga ularni kengroq jalb qilish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda. Natijada mamlakatimiz sportchi qizlari nafaqat respublika chempionatlarida, balki xalqaro musobaqalarda ham salmoqli yutuqlarga sazovor bo’lishyapti.   E’tiborlisi shundaki, mamlakatimiz bo’ylab, “Yashil maydon malikalari” futbol musobaqalarining muntazam ravishda o’tkazib kelinayotgani, umidli charm to’p ustalarining imkoniyat darajalarini oshirishga xizmat qilyapti.

Mazkur nufuzli musobaqaning bu yilgi bellashuvlari ham yuqori saviyada tashkil etildi. To’rtta guruhda o’tkazilgan qiziqarli bahslarda viloyatlarda faoliyat ko’rsatayotgan qizlar jamoalari munosib ishtirok etishdi. Farg’ona shahrida bo’lib o’tgan bellashuvlarda vodiy viloyatlarining iqtidorlari jamoalari o’z mahoratlarini namoyish qilishdi.

Dastlabki uchrashuvda farg’onalik va namangalik futbolchi qizlar yashil maydonda o’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazishdi. Birinchi bo’limda bitta gol evaziga oldinga chiqib olgan namanganliklar ikkinchi bo’limda ham yana bitta golga mualliflik qilishdi.

Navbatdagi kun bellashuvida esa Andijon jamoasi vakillari Namangan viloyati qizlari bilan g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Uchrashuv davomida Namangan viloyati jamoasi tarkibida to’p surgan Shohsanam Nazarovaning kiritgani yagona goli o’yin taqdirini hal qildi.

Uchrashuv yakunida vodiy guruhlari o’rtasidagi qiziqarli bahsda muddatidan oldin g’oliblikni qo’lga kiritgan Namangan viloyati jamoasi vakillariga viloyat hokimligi, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda futbol federatsiyasining esdalik sovg’alari topshirildi.

Shu kuni futbolchi qizlar uchun Farg’ona shahri bo’ylab sayohat ham tashkil etildi. Ular viloyat markazining diqqatga sazovor joylarida bo’lishib, bir olam taassurotlar oldilar.