Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
replica panerai Replica Breitling watches
web

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

« Aprel 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

 

 

orphus uz

Payshanba, 18 Iyun 2015 14:52

Vazirlar Mahkamasi 355-son qarori

Maqolani baholang
(2 ovoz)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 2-son, 17-modda)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ishonchli ko'rsatkichlarini tizimli to'plash va shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi 2014 yil 1 yanvardan boshlab joriy etilsin.

2. Quyidagilar:

davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholashni amalga oshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;

davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo'yiladigan asosiy talablar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:

har chorakda o'z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to'g'risidagi axborotlarning elektron shaklda, belgilangan muddatlarda o'z vaqtida taqdim etilishini;

2014 yil 1 martgacha bo'lgan muddatda o'zlarining rasmiy veb-saytlarini davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo'yiladigan asosiy talablarga muvofiqlashtirishni;

reytingli baholash natijalarini hisobga olgan holda, o'z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirilishi samaradorligini oshirishga doir aniq chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta'minlasinlar.

4. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi har yili 20 iyungacha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qo'mitasiga 4-ilovaga muvofiq ro'yxat bo'yicha indikatorlarni qo'llagan holda aniqlanadigan O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holati ko'rsatkichlari taqdim etilishini ta'minlasinlar.

5. O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qo'mitasi bir oy muddatda 2013 — 2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika komissiyasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholash metodikasini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi va rivojlanishi reytingli baholanishi kerak bo'lgan davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ro'yxatini tasdiqlash uchun kiritsin;

ikki oy muddatda — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilishi samaradorligini baholash uchun taqdim etiladigan axborotlarning sifati va ishonchliligini o'rganish tizimini joriy etish bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

uch oy muddatda — NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimini davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to'g'risidagi axborotlarni qabul qilish, ishlov berish va saqlash bo'yicha takomillashtirish chora-tadbirlarini ko'rsin.

6. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to'g'risidagi nizom 20-bandining beshinchi xatboshi, shuningdek nizomga ilova o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2013 yil 31 dekabr,

355-son

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi

tuzilmasi

T/r

Ko'rsatkich

Ko'rsatkichning salmog'i

 

Yakuniy reyting

shu jumladan:

100%

 

I. Rasmiy veb-sayt va interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish

50%

1.1.

Internet tarmog'ida rasmiy veb-saytning mavjudligi va undan foydalana olish, shuningdek unda tashkilot faoliyati sohasidagi muhim statistik va tahliliy axborotlarning mavjudligi

5%

1.2.

Rasmiy veb-saytning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi

15%

1.3.

Tashkilot faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon raqamining, fuqarolarning telefon orqali murojaatlarini hisobga olish imkoniyatiga ega bo'lgan ishonch telefonining mavjudligi

5%

1.4.

Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish sifati

25%

 

II. Axborot tizimlari, axborot resurslari va elektron hujjatlar aylanishi

26%

2.1.

Idoralararo o'zaro hamkorlik doirasida foydalaniladigan (foydalanilishi kerak bo'lgan), shu jumladan «Elektron Hukumat» tizimi doirasida integratsiyalanishi kerak bo'lgan axborot tizimlarining mavjudligi va holati

18%

2.2.

Ma'lumotlar bazalarining, shu jumladan davlat boshqaruv organlari axborot tizimlari bilan o'zaro hamkorlik qiluvchi ma'lumotlar bazalarining mavjudligi va holati

4%

2.3.

Davlat axborot resurslari ro'yxatiga kiradigan axborot resurslarining mavjudligi

4%

 

III. Axborot xavfsizligi

20%

3.1.

Axborot xavfsizligini ta'minlash tizimlari va vositalarini tashkilotning moliyalashtirish manbalari bilan tasdiqlangan yaqin yillardagi faoliyatiga joriy etish tadbirlari rejalarining mavjudligi

3%

3.2.

Axborot xavfsizligi bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarning mavjudligi va ularning amalga oshirilishi holati

7%

3.3.

Axborot xavfsizligini ta'minlash va xodimlarini himoya qilish bo'yicha jismoniy chora-tadbirlarning mavjudligi va amalga oshirilishi holati

7%

3.4.

Axborot xavfsizligini ta'minlash texnik vositalarining mavjudligi va holati

3%

 

IV. Tashkiliy jihatdan baholash

4%

4.1.

Tashkilotning moliyalashtirish manbalari bilan tasdiqlangan, yaqin yillardagi faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish tadbirlari rejalarining mavjudligi

1%

4.2.

Davlat xizmatlarini interaktiv shaklga bosqichma-bosqich o'tkazish bo'yicha o'tkazishning jadvallari va sanalari ko'rsatilgan holdagi chora-tadbirlar dasturining mavjudligi

1%

4.3.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan rahbariyat orasidan mas'ul shaxsning mavjudligi

1%

4.4.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan mas'ul bo'lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo'linmaning yoki tegishli xizmatlar autsorsingi bo'yicha shartnomaning mavjudligi

1%

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qaroriga
2-ILOVA

Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholashni amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar‎

Tadbirlar‎

Muddatlar‎

Mas'ul organ‎

1-bosqich‎

Tarkibiy bo'linmalardan axborotni to'plash va ishlov berish‎

Hisobot davri 
‎tamom bo'lishidan
‎ 20 kun oldin‎

Davlat va xo'jalik 
‎boshqaruvi‎ organlari,
‎‎ mahalliy davlat 
‎hokimiyati organlari ‎

2-bosqich‎

Ma'lumotlarni NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimiga taqdim etish‎

Hisobot davri
‎ tamom bo'lishidan
‎10 kun oldin‎

Davlat va xo'jalik
‎ boshqaruvi ‎organlari,
‎‎ mahalliy ‎davlat
‎‎ ‎hokimiyati ‎organlari‎

3-bosqich‎

AKTni davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish samaradorligini tahlil qilish va baholash hamda reyting tuzish‎

Hisobot davri 
‎tamom bo'lishidan
‎ 2 kun oldin ‎

O'zbekiston Respublikasi
‎ Aloqa, axborotlashtirish
‎‎va telekommunikatsiya
‎texnologiyalari davlat
‎ qo'mitasi ‎

4-bosqich‎

Reyting natijalarini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlariga kiritish va O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasining rasmiy veb-saytida e'lon qilish‎

Hisobot davridan 
‎keyin 5 kun 
‎mobaynida‎

O'zbekiston Respublikasi
‎ Aloqa, axborotlashtirish 
‎‎va telekommunikatsiya
‎texnologiyalari davlat
‎ qo'mitasi‎

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qaroriga
3-ILOVA

Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo'yiladigan

asosiy talablar

I. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun majburiy bo'lgan axborotlar ro'yxati

1. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-saytida (keyingi o'rinlarda rasmiy veb-sayt deb ataladi) joylashtirilishi majburiy bo'lgan axborotlarga quyidagilar kiradi:

a) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining huquqiy maqomini, shu jumladan davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tarkibiy bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funktsiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;

b) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ va boshqa hujjatlar;

v) oldin davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risidagi ma'lumotlar;

g) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasida Prezident, Hukumat hamda davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan dasturlar to'g'risidagi umumiy ma'lumotlar;

d) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan o'tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, yig'ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to'g'risidagi ma'lumotlar, kundalik faoliyat to'g'risidagi boshqa axborotlar;

e) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligi to'g'risidagi ma'lumotlar;

j) amalga oshirilishida davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to'g'risidagi axborotlar;

z) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko'rsatkichlar to'g'risidagi ma'lumotlar;

i) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tashkilotlari tomonidan o'tkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish) bo'yicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to'g'risidagi ma'lumotlar;

k) bo'sh ish o'rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi ma'lumotlar;

l) rasmiy veb-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko'rsatilishi to'g'risidagi talab;

m) davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari to'g'risidagi ma'lumotlar;

n) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo'mitalar va boshqalar) to'g'risidagi ma'lumotlar;

o) majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek sana, vaqt, o'tkazish joyi va ularda qatnashish tartibi ko'rsatilgan holda ochiq majlislar o'tkazish rejalari;

p) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rasmiy veb-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalaniladigan axborotlar va ma'lumotlar.

2. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan rasmiy veb-sayt orqali ko'rsatiladigan bazaviy axborot xizmatlari ro'yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:

a) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlari to'g'risidagi ma'lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma'lumotlar va ular bilan bog'lanish ma'lumotlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari);

b) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi va uning bo'linmalarining (shu jumladan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo'linmalarining) telefon raqamlari va manzilli rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar, ma'lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, kirish yo'llari, to'xtash joylari va jamoat transporti raqamlari to'g'risidagi ma'lumotlar;

v) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilinadigan arizalar, blankalar va statistik hisobotlar shakllari;

g) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari, shikoyatlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to'g'risidagi axborotlar;

d) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati to'g'risidagi tahliliy ma'ruzalar va axborot tusidagi sharhlar, yil choragi va yillik hisobotlar, shuningdek tarmoqning holati to'g'risidagi tahliliy ma'lumotlar;

e) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;

j) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining statistik axborotlari;

z) Internet tarmog'idagi boshqa tegishli veb-saytlarga va O'zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga havolalar;

i) teskari aloqa qilish imkoniyatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlari, xatlari, arizalari, shikoyatlarini va murojaatlarining boshqa shakllarini qabul qilish (elektron-raqamli imzodan foydalanishga qarab);

k) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining matbuot xizmati to'g'risidagi ma'lumotlar (mas'ul xodimlar bilan aloqaga kirishish to'g'risidagi ma'lumotlar);

l) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlari ro'yxati;

m) interaktiv davlat xizmatlarining alohida bo'limi;

n) elektron pochta orqali hamda e'lonlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommaviy avtomatlashtirilgan formatlari orqali rasmiy veb-saytni yangilashga yozilish imkoniyati;

o) davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining «Elektron hukumat» tizimida qatnashishi, uning roli va qatnashishi xususiyati, shuningdek ushbu sohada amalga oshiriladigan tadbirlar (qanday davlat xizmatlari ko'rsatiladi, qanday ma'lumotlar ayirboshlanadi va shu kabilar) to'g'risidagi ma'lumotlar;

p) aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar.

3. Rasmiy veb-saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko'rsatilgan taqdirda yo'l qo'yiladi.

II. Rasmiy veb-saytni yuritishga qo'yiladigan talablar

4. Rasmiy veb-saytda joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul bo'lishi kerak.

Bazaviy axborot xizmatlaridan tashqari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rasmiy veb-sayt orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda qo'shimcha xizmatlar ko'rsatishi mumkin.

5. Rasmiy veb-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi ko'rsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy veb-saytga normativ-huquqiy hujjat rasman e'lon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay joylashtirilishi kerak.

6. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarning buyrug'i bilan rasmiy veb-saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilab borish uchun mas'ul bo'lgan shaxslarni (bo'linmani) belgilaydi.

7. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-sayti Internet tarmog'idagi «.UZ» domen zonasida va O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilishi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududida serverda jismoniy joylashtirilishi kerak (xosting).

8. Rasmiy veb-saytdagi axborotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy veb-sayt axborotlari boshqa tillardagi versiyaga ega bo'lishi mumkin.

9. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi o'zining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotlarning yo'q qilinishi, to'sib qo'yilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish bo'yicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ko'rishi kerak.

10. Barcha davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo'lgan asosiy funktsiyalarga quyidagilar tegishlidir:

a) veb-sayt bo'yicha izlash;

b) mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizaynli veb-sayt versiyasi;

v) imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qo'shimcha qulayliklarni taqdim etish (kontrastni qo'shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo'rligi funktsiyalari va boshqalar);

g) veb-saytga xavfsiz kirishni taqdim etish (maxfiy axborotni uzatishni yoki pulli xizmatlar ko'rsatishni nazarda tutuvchi saytlar uchun);

d) fuqarolar murojaatlarining ko'rib borilishi holati va vaqtini hamda interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish holatini kuzatib borish; shu jumladan elektron pochtada bildirishnomalar yuborish;

e) muhokama qilish rejimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqish;

j) jamoatchilik fikrini o'rganish vositalari va davlat organi faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish (onlayn-so'rovlar, bloglar, forumlar);

z) kirishlarni nazorat qilish va statistika vositalari.

11. Davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo'lgan asosiy funktsiyalarga qo'shimcha ravishda quyidagilar tegishlidir:

a) yerni egalik qilish, foydalanish uchun berish va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo'jaliklari, fuqarolarga ijaraga berish to'g'risidagi axborotlar;

b) dastlabki ko'rib chiqish va masalalarni sessiyaga tayyorlash bo'yicha doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning ro'yxati va tarkibi;

v) hokimlarning aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlari reestri.

12. To'g'ridan-to'g'ri yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali aholiga va tadbirkorlik sub'ektlariga xizmatlar ko'rsatuvchi yoki tovarlarni sotuvchi xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo'lgan davlat unitar korxonalari o'zlarining rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda quyidagi funktsiyalarni nazarda tutishlari kerak:

a) tovarlar va xizmatlarning turlari va qiymatlari (tariflari) to'g'risidagi to'liq va dolzarb ma'lumotlarni qulay shaklda taqdim etish;

b) Internet tarmog'i orqali tovarlar va xizmatlarga elektron haq to'lash imkoniyati.

13. Rasmiy veb-saytlar orqali aholiga va tadbirkorlik sub'ektlariga davlat xizmatlari ko'rsatuvchi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutishlari kerak:

a) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida arizalar, deklaratsiyalar, so'rovnomalar, blankalar va boshqa zarur hujjatlarning elektron shakllarini to'ldirish;

b) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va boshqa to'lovlarga on-layn haq to'lash;

v) xizmatlar ko'rsatishga so'rovni rasmiylashtirishda (shakllarni to'ldirishda) hujjatlarning elektron versiyalarini biriktirish.

III. Rasmiy veb-saytning tarkibiga qo'yiladigan talablar

14. Rasmiy veb-sayt axborotlari tarkibi uning faoliyati xolisona yoritilishini ta'minlashi kerak.

15. Rasmiy veb-saytga joylashtirilgan axborot ishonchli bo'lishi kerak. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.

16. Rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborot ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan axborot bilan teng kuchga ega bo'ladi.

17. Rasmiy veb-saytda davlat sirlariga, xizmatda foydalanishga taalluqli va qonun hujjatlari bilan e'lon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborotlar bo'lmasligi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qaroriga
4-ILOVA

O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning holatini aniqlashda qo'llaniladigan indikatorlar

ro'yxati

T/r

Indikator

O'lchov birligi

Izoh

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan

taqdim etiladigan ko'rsatkichlar

1.

O'zbekiston Respublikasining jinslar bo'yicha doimiy aholisi soni

kishi

hisobot yili oxiridagi

holati bo'yicha taqdim etiladi

2.

Bir yilda jinslar bo'yicha iqtisodiy faol aholining umumiy soni

kishi

hisobot yili oxiridagi

holati bo'yicha taqdim etiladi

3.

Jinslar bo'yicha aloqa sohasida o'rtacha ish haqini hisoblab chiqish uchun qabul qilinadigan xodimlar

soni; ulardan bir yilda elektr-radio-uyali va peyjing aloqa sohasida

kishi

hisobot yili oxiridagi

holati bo'yicha taqdim etiladi

4.

Aholi punktlarining umumiy soni

ta

hisobot yili oxiridagi

holati bo'yicha taqdim etiladi

5.

Uy xo'jaliklarining hisoblab chiqilgan soni

ta

hisobot yili oxiridagi

holati bo'yicha taqdim etiladi

6.

Kompyuterlarga ega bo'lgan uy xo'jaliklari ulushi

%

sotsiologik so'rov natijalari

bo'yicha taqdim etiladi

7.

Internet tarmog'idan foydalanadigan uy xo'jaliklari ulushi

%

sotsiologik so'rov natijalari

bo'yicha taqdim etiladi

8.

Ishlab turgan korxonalar va tashkilotlar soni

ta

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

9.

Internet tarmog'idan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar soni

ta

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

10.

Lokal hisoblash tarmog'iga ega bo'lgan korxonalar va tashkilotlar soni

ta

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

11.

Kompyuterlarga ega bo'lgan korxonalar va tashkilotlar soni

ta

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

12.

Yalpi ichki mahsulotda AKT tarmog'i ulushi

%

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

13.

Korxonalar va tashkilotlardagi kompyuterlar soni

ta

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

14.

Internet tarmog'iga ulangan abonentlar soni

birlik

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

15.

Sog'liqni saqlash organlari xodimlari soni

kishi

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

16.

Madaniyat tarmog'i xodimlari soni

kishi

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

17.

Asosiy narxlarda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish

mln so'm

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

18.

AKT sohasida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish hajmi

mln so'm

Davlat aloqa qo'mitasi

tomonidan belgilangan ro'yxat

bo'yicha taqdim etiladi

19.

Tovarlar va xizmatlar eksportining umumiy hajmi

ming AQSH dollari

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

20.

AKT sohasida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmi

ming AQSH dollari

Davlat aloqa qo'mitasi

tomonidan belgilangan ro'yxat

bo'yicha taqdim etiladi

21.

Tovarlar va xizmatlar importining umumiy hajmi

ming AQSH dollari

hisobot yili oxiridagi holati

bo'yicha taqdim etiladi

22.

AKT sohasida tovarlar va xizmatlar importi hajmi

ming AQSH dollari

Davlat aloqa qo'mitasi

tomonidan belgilangan ro'yxat

bo'yicha taqdim etiladi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim 
etiladigan ko'rsatkichlar

23.

Davlat boshqaruvi organlarining resurslari umumiy hajmida AKTga xarajatlar ulushi

%

-

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi 
tomonidan taqdim etiladigan ko'rsatkichlar

24.

Hisobot davrida AKT sohasida mutaxassisliklar va yo'nalishlar bo'yicha oliy ta'lim muassasalarini bitiruvchilar soni

kishi

-

Maqola 1354 marta o'qilgan
YUKLAB OLISH

Эркин фикр

хал билан муло от

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
PREZIDENTINING
VIRTUAL QABULXONASI
FARG'ONA VILOYATI BO'LIMI


Murojat uchun telefon

244 05 82
244 05 83



Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ