Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
replica panerai Replica Breitling watches
web

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

« Iyul 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            

 

 

orphus uz

Payshanba, 18 Iyun 2015 12:57

Vazirlar Mahkamasi 259-son qarori

Maqolani baholang
(0 ovoz)

INTERNET TARMOG'IDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUKUMAT PORTALINI YaNADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 50-51-son, 521-modda; 2009 y., 17-son, 212-modda; 2013 y., 2-son, 23-modda)

«Axborotlashtirish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi:

(2-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-sonli qaroritahririda — O'R QHT, 2013 y., 2-son, 23-modda)

bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasining «O'zinfokom» kompьyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tarkibida xodimlarining umumiy soni 2-ilovaga muvofiq 12 nafar bo'lgan Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan ta'minlash va rivojlantirish guruhini (keyingi o'rinlarda Guruh deb ataladi) tashkil etsin;

(2-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-sonli qaroritahririda — O'R QHT, 2013 y., 2-son, 23-modda)

O'zbekiston Respublikasi Elektron Hukumati yaratilishi va yanada rivojlantirilishini hisobga olgan holda Guruhni zamonaviy moddiy-texnika bazasi bilan ta'minlasin;

(2-bandning to'rtinchi xatboshi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 apreldagi 116-sonli qarorigaasosan chiqarilgan— O'R QHT, 2009 y., 17-son, 212-modda)

3. Belgilab qo'yilsinki, Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali xarajatlarini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta'minlash va unga xizmat ko'rsatish tasdiqlangan smeta doirasida O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

(3-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2013 y., 2-son, 23-modda)

4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

bir oy muddatda axborot ro'yxatlari va taqdim etish muddatlari, shuningdek axborot materiallarini joylashtirishga ruxsat berish va axborot xizmatlari tomonidan Guruhga keyinchalik Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalida joylashtirish uchun axborot taqdim etish uchun mas'ul shaxslarni tayinlash bo'yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

(4-bandning uchinchi xatboshi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 apreldagi 116-sonli qarorigaasosan chiqarilgan— O'R QHT, 2009 y., 17-son, 212-modda)

o'z rasmiy axborot resurslarining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini bir yilda kamida ikki marta ekspertizadan o'tkazsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2007 yil 17 dekabrь,

259-son

Maqola 1380 marta o'qilgan
YUKLAB OLISH

Эркин фикр

хал билан муло от

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
PREZIDENTINING
VIRTUAL QABULXONASI
FARG'ONA VILOYATI BO'LIMI


Murojat uchun telefon

244 05 82
244 05 83



Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona shahar hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ